Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Sehrli ertaklar olamida” mavzusida davra suxbati va kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 7-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan bolalarni kitobga qiziqtirish, ularning maꞌnaviyatini yuksaltirish maqsadida 12-sonli maktabgacha ta’lim muassasida “Sehrli ertaklar olamida” mavzusida davra suxbati va kitoblar koꞌrgazmasi tashkillashtirildi. Muassasaning tarbiyachi opalari va tarbiyalanuvchilari  koꞌrgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi. Koꞌrgazmada bolalar adabiyotlari, rang-barang  ertak kitoblar o’rin olgan.

Kutubxona mutaxassisi B.Yusupova  tomonidan ertaklar asli bolalarning aqliy  rivojlanishi,  maꞌnaviy yuksak boꞌlishi  va ularning tarbiyasida juda muhim ro’l kasb etishi, ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog`lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo`ldosh bo`lib kelishi,  xalq ertaklarida ijtimoiy muhim masalalar odilona hal etilishi, xalqning kelajakka bo`lgan ishonchi, adolatning adolatsizlik ustidan g`alabasi, yorug`likning zulmatni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga erishish g`oyalari yorqin obrazlar orqali tasvirlanganganligi aytib o’tildi. Undan so’ng B.Yusupova tomonidan bolalarni kitobga qiziqtirish maqsadida «Etik kiygan mushuk», «Quyonchaning uyasi», «Xitrost Dedushki Serki», «Oppog’oy» ertaklari o’qib berildi. Suxbat so’ngida bog’cha tarbiyalanuvchilari eshitgan ertaklarining qaxramonlarining fe’l-atvorini, ularning avozlarini harakatlar orqali ko’rsatib berdilar.