O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston -2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o’z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 2023 yil 11-sentyabrdagi PQ-300-son qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023 yil 14-sentyabrdagi 171-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-oktyabr kuni axborot-kutubxona markazi abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi M.Xojantaeva tomonidan 6-sonli maktabning 2-sinf o’quvchilari bilan birgalikda “Bilimdon bolajon” “Ertaklar yaxshilikka etaklar” yo’nalishi bo’yicha kvest uyini tashkillashtirildi. Bunda 2-sinf o’quvchilari “Chaqqonlar”, “Zukkolar” va “Bilimdonlar” bo’lib uchta guruhga ajratildi. Ularga qiziqarli va chalg’ituvchi savollar berildi va o’quvchilarimiz chaqqonlik bilan foal qatnashib “Bilimdonlar” jamoasi qatnashuvchisi Niyazbaev Nodir va Qidirbaeva Ayziya o’quvchilarimiz savollarimizga to’g’ri javoblarni berib, “Bilimdonlar” jamoasi birinchi o’rinni egallab fahriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Kvest uyinimiz qiziqarli va maroqli yakunlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы