Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

2-aprel «Xalqaro bolalar kitobi kuni»ga bag’ishlab “Kitap – ruwxıy azıg’ımız” mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 1-aprel kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan   “Kitap – ruwxıy azıg’ımız” mavzusida davra suxbati boꞌlib oꞌtdi.

Suxbatga tuman Maktabgacha va maktab taꞌlimi bo‘limiga qarashli 9-sonli maktabning 3-sinf o’quvchilari va o’qituvchisi R.Atamuratova va maktab kutubxonachisi G.Matkurbanovalar ishtirok etdi.

Davra suxbatida o’quvchilar kitoblar haqidagi sherlari, kitobni sevish, uni ardoqlash mavzusidagi xalq maqollaridan aytib berdi. Suxbat davomida maktabning boshlang’ich sinif o’qituvchisi o’quvchilarga kitobning paydo bo’lishi va rivojlanishi, kitoblarni qo’ldan qoyimasdan uni o’qishga vaqt topish, kitobdan har kuni donishmandlarning so’zlaridan o‘qib, uning chuqur ma’nosiga  ega bo’lish mumkin ekanligi haqqida aytib o’tdi.

Suxbat yakunida N.Mamutova tomonidan bolalarni ma’naviy va yetuk shaxs qilib tarbiyalashda kitobning tutgan o’rni alohida ekanligi, kitob o‘qish orqali kelajagingiz poydevori mustahkam bo‘lishi – har bir kitob o‘qigan bolaning o‘z qo‘lida ekanligi haqidagi fikrlarni aytib, shuning bilan birga kutubxona haqida ma’lumotlarni va kutubxonaga tashrib buyurishlarini aytib o‘tildi.