Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida «Sehrli kitoblar mamlakati bo‘ylab sayohat» mavzusida o‘yinlar va ko‘rgazmalar asosida targ’ibot ishlari olib borildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli Maktabgacha ta’lim tashikilotida 2024-yil 24-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida «Sehrli kitoblar mamlakati bo‘ylab sayohat» mavzusida o‘yinlar va ko‘rgazmalar asosida targ’ibot ishlari olib borildi.

Tadbir Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari Aygul To‘remuratova va mutaxassisi Almagul Vaysova tomonidan olib borildi.

Shuningdek, Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli Maktabgacha ta’lim tashikilotining maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisi Ulbosin Daulenova va guruhning ishtirokchi bolalari va ota-onalari, 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti Baxtigul Vaysovalar ishtirok etdi.

Tadbirda Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yuksaltirish, ular bilan birga ota-onalarni ham jalb qilish maqsadida ota-ona va farzandlari o‘rtasida rang-barang o‘yinlar, rasmdagi ertaklarni ifodalab berish, ko‘rsatilgan rasmlarning javoblarini bolalar bilan birgalikda chizib bo‘yash, qog’ozda ko‘rsatilgan rasmlar o‘rnini bolalar bilan birgalikda to‘ldirish va elimlash, ota-onalarning aqliy faoliyatini charqlash bo‘yicha rasmli maqollar javoblarini topish o‘yinlari o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir davomida ota-onalar farzandlari bilan birgalikda o‘yinlarda ishtirok etib tadbirdan ma’naviy oziq olganligi, vaqtlarining mazmunli o‘tkanliklari, farzandlarining qay darajada bilimli va chaqqonliklarini, farzandlarini kitobga qiziqtirish borasida uylarida ertaklar aytib berishini, shunday tadbirlarning tez-tez bo‘lishini aytib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida, 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti B.Vaysova tomonidan ishtirokchi ota-onalar va farzandlariga faol ishtiroklari uchun va kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida kitoblar sovg’a tariqasida topshirildi.