Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Uch avlod uchrashuvi”, “Ularning hayoti biz uchun ibrat” shiori ostida uchrashuv tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 21-fevral kuni Taxiatosh tumani 7-sonli maktabda  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturini targ’ib etish va “Mahallada duv-duv gap”  loyihasi doirasida “Biz bir zamin va bir Vatan farzandlarimiz” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi”, “Ularning hayoti biz uchun ibrat” mavzusida uchrashuv tashkillashtirildi.  Uchrashuvda  mehmon  sifatida  Respublika  Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Jumamuratova, tuman  Respublika “Nuroniy” fondi tuman bo’limi rahbari  A.Ersaidov  va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova, “Dosliq” MFYsi faoli nuroniy hoji ona B.Yakubova  va  7-sonli maktab o’qituvchilari va maktab o’quvchilari qatnashishdi.

 

Uchrashuvni  “Nuroniy” fondi tuman bo’limi mutaxasissi N.Atiyazova ochib berdi va qolgan mehmonlar o’z  ibratli so’zlari bilan  uchrashuvni davom ettirishdi.  Uchrashuv davomida  B.Yusupova  yoshlarga kitobxonlikni targ’ib qildi va bo’sh vaqtlarini foydali o’tkazish maqsadida kitob o’qishga chorlab qoldi, shu bilan bir qatorda  Axborot-kutubxona markazimiz haqida va undagi badiiy adabiyotlarini tanishtirib o’tdi.Ushrashuv davomida  “Buvijonlar maktabi” loyihasi ostida davra suhbati ham o’rin oldi, uchrashuv so’ngida tuman Madaniyat bo’limi tomonidan konsert dasturi ham tashkillashtirildi.