Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Ajdodlarimiz merosi – qadriyatlarimiz asosi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 27-avgust kuni Taxiatosh tumani Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Ajdodlarimiz merosi – qadriyatlarimiz asosi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbat asosan jadid bobolarimizning ibratli hayoti va merosiga bag‘ishlangan. Chunki, jadidlar – xalqimizning ma’naviy uyg‘onishi, ilm va taraqqiyot sari intilishining yorqin ramzidir. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab, millatning kelajagi uchun kurashgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Cho‘lpon, Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziylar kabi buyuk jadidlar xalqni jaholatdan qutqarish, ma’rifat va ilmga chorlash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatilgani, Sanatoriyda dam olayotgan keksalarning hayotiy tajribasi, nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizning sabr-bardoshi – bu ham aslida jadidlarning orzu qilgan tarbiyasi, ya’ni kuchli, ruhan mustahkam irodadir.

Suhbat yanada qiziqarli bo’lish uchun jadid bobolarning qisqa hikmatli so‘zlari va she’riy parchalari o‘qib berildi.