Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Jadidlar hamisha yodimizda!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi.

Joriy yilning 3-oktyabr kuni Taxiatosh tumani harbiy qismida «Jadidlar hamisha yodimizda!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi. Tadbir buyuk jadid allomalari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Abdrauf Fitrat, Abdulxamid Cho‘lpon, Ishoqxon to‘ra Ibrat, G’ulom Zafariy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadid bobolarning ilm-ma’rifatga qo‘shgan hissasini xotirlash, ularning millat taraqqiyotidagi o‘rni va xizmatlarini harbiy xizmatchilar o‘rtasida keng targ’ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Ko‘rgazmada asosan, jadid bobolarning kitoblari va rasmli ko‘rgazmalari o‘rin olgan.