Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Mustahkam oila — jamiyat tayanchi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 15-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida  15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Mustahkam oila — jamiyat tayanchi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Ko‘rgazmada oila qadriyatlari, farzand tarbiyasi, ota-ona hurmati, oilaviy muhit va ma’naviy tarbiyaga oid adabiyotlar o‘rin oldi. Ko‘rgazmadagi “Tarbiya kitobi”, “Hayot kitobi”, “Oila” kabi kitoblari oilada sog‘lom muhit yaratish, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashga bag‘ishlangan adabiyotlar hisoblanadi.

Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida oilaga bo‘lgan hurmatni oshirish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdan iboratdir.