Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob mutolaasi – ma’naviyat asosi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 4-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi ko‘chma kutubxonada «Kitob mutolaasi – ma’naviyat asosi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatni kutubxona mutaxassisi A.To‘reniyazova kutubxona va mutolaaning foydali tomonlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan boshlab berdi.

Kutubxona — ilm-ma’rifat va ma’naviyat maskani hisoblanadi. U erda turli sohalarga oid kitoblar, jurnallar va boshqa axborot manbalari jamlangan bo‘lib, har bir kitobxon o‘z qiziqishiga mos adabiyotni topishi mumkin.

Kutubxonada mutolaa qilish insonning bilim saviyasini oshiradi, dunyoqarashini kengaytiradi va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Kitob o‘qish jarayonida inson yangi g’oyalar bilan tanishadi, nutq madaniyatini boyitadi hamda xotirasi va tahlil qilish qobiliyatini mustahkamlaydi. Kutubxonada mutolaa qilish insonning intellektual va ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi.

Suhbatdan so‘ng, bolalar kutubxonadagi kitoblar bilan tanishib, o‘zlari sevgan asarlarini mutolaa qildilar.