Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O‘zbekiston Respublikasi Мustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz» shiori ostida «Markaziy» MFYda bayram dasturi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Мustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz» shiori ostida Taxiatosh tumanida bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkizilmoqda. Shular qatorida joriy yilning 25-avgust kuni Taxiatosh tumani «Markaziy» MFYda ham bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Bayram tadbiriga «Markaziy» MFYdagi korxona va tashkilotlar, mahallalar aholisi tashrif buyurdi.

Bayram munosabati bilan qo‘l mehnatlaridan iborat ko‘rgazmalar tashkillashtirildi. Shular qatorida Axborot-kutubxona markazi kitoblar ko‘rgazmasi bilan ishtirok etishdi.

Mahallaning eng faol nuroniy otaxonlari va onaxonlari, mahallada faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar vakillari so‘zga chiqib bayram munosabati bilan o‘zlarining samimiy tilaklarini aytib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida tumandagi madaniyat va san’at namoyandalari tashrif buyurib, o‘zlarining kuy va navolari bilan mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.