Joriy yilning 11-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Utemuratova tomonidan tumandagi «Kitoblar dunyosi» qora uy kutubxonasida “Kitob — eng ulug‘ tarbiyachi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Suhbat davomida kitob insonning dunyoqarashini kengaytirishi, bilim va tafakkurini rivojlantirishi, ezgulik va yaxshilikka undashi ta’kidlandi.
Kitobxonlar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda muntazam kitob o‘qishning foydali jihatlari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga kitob mutolaasini odatga aylantirish, muntazam ravishda kitob o‘qib borish tavsiya etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы