Joriy yilning 18 noyabr kuni Taxiatosh tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilinganligiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan «Bayraǵımız kóklerde jelbiresin» shiori ostida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Bayram kechasini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’linmasi rahbari B.Polvaniyozov ochib berib, tuman Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi B.Ikmetullaev bayroq haqida o‘z nutqlari bilan tushunchalar berib o‘tdi. Kecha davomida tuman Madaniyat bo‘limi, 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi va «Barkamol avlod» bolalar maktabi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi hamda tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko’rgazmasi, «Barkamol avlod» bolalar maktabining tasviriy san’at to‘garagi o‘quvchilari o‘rtasida ularning ijodiy mehnatlarini baholash maqsadida bayroq rasmlari solindi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы