Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida, 28-fevral kuni tumanimizdagi 2 sonli umumta’lim maktabina tashrif uyushtirildi. Ushbu maktab o’quvchi yoshlarga, kutubxonaning Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati va Ma’lumot-bibliografiya xizmati tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Shuning bilan birga, kitob o’qishga qiziqadigan o’quvchi yoshlar bilan suhbatlashilib, Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati raxbari M.Kadirov tomonidan T.Kayipbergenovning «Qoraqalpoqnoma» kitobi bo’yicha tushunchalar berildi. Shuning bilan birga, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining 2022 yil uchun mo’ljallangan ish-rejasining ilmiy-metodik faoliyatining 2 bandida ko’rsatilgan, Hududlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari hamda boshqa kutubxonalar (fuqarolar, o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlari)ning faoliyatini o’rganish va ish rejaning 4 bandindagi tumanimizdagi maktab, kasb-hunar maktabi va texnikum kutubxonalariga uslubiy va amaliy yordam berish ko’rsatilgan, Shu munosabat bilan Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova va Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan kutubxona hujjatlarini tayyorlashda va katalog va kartotekalarni yuritishda ko’rsatmalar berilib, fikr almashildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы