Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosi ta’minlanmoqda.

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida 11-mart kuni tumanimizdagi 5 sonli umumta’lim maktabiga tashrif uyushtirildi. Ushbu maktab o’quvchi yoshlarga, kutubxonaning Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati  mutaxassisi N.Mamutova tomonidan kitoblar ko’rgazmasi  tashkillashtirildi.  Shuning bilan birga, kitob o’qishga qiziqadigan o’quvchi yoshlar bilan suhbatlashilib, Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati  mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan  Uolter Tevisning “Qirolichaning yurishi” kitobi mazmuni bo’yicha aytib berildi. Kitob mazmuni bo’yicha aytiladigan bo’lsa, ota-onasidan erta ayrilgan Elizabetning hayoti, etimxona hayoti, “Mumkin”, “Mumkin emas” degan temir qoidalar, qat’iy tartib-intizom ostida tarbiyalanayotgan qizaloq turli tazyiqlarga qaramay etimxona farroshi janob Sheybeldan shaxmat o’ynashni o’rganishi va favqulodda bu -o’yinga mehr qo’yganligi, tabiatan yolg’izlikka moyil asar qahramoni tunlarni xayolan shaxmat taxtasi ustida o’tkazishi, donalarni ko’z oldida gavdalantirib, uning butun fikru xayolini o’yinning ohanrabosi o’ziga band qilinishi aytib o’tildi.Bundan tashqari, kitob qahromanlari, Elizabetga yaxshilik qilgan, unda shaxmatni o’rgatgan janob Sheybel bo’lmaganida yosh qizning hayoti qanaqa yakunlanar degan kitobxonlarda savol tug’ilishi, janob Sheybel bo’lmaganida shaxmat klubi a’zolarini, dunyoga belgili bo’lgan grossmeysterlarni enga olmasligi aytib o’tildi. Bundan so’ng, kitobxon yoshlar bilan birgalikda, ushbu kitob mazmuni bo’yicha suhbatlashilib kitob haqida fikrlar bildirildi.         Shuning bilan birga, Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati  mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Kitobxonlar bilimdoni” mavzusida savol-javob o’yini o’tkazilib, jami 25 savolga bilimdon o’quvchilar tug’ri javoblar qaytarildi. Kitobxon yoshlar ham o’zlarining o’qigan kitoblaridan hikoyalar, yod olgan sherlaridan aytib berdi.Kutubxonaning Axborot-kommunkatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Kadirov yoshlarimizning bugungi kundagi kitob o’qishga bo’lgan qiziqishi, har bir yosh bo’sh vaqtlarin mazmunli o’tkazish bo’yicha maktablarda barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, ushbu sharoitlardan unumli foydalangan holda hayotga tug’ri yo’l tanglash kerakligi bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Maktab kutubxonachisi A.Janabaeva tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar aytib o’tilib, har bir yosh o’zlari o’qigan kitoblardan aytib berishlari aytib o’tildi va o’quvchilar ushbu fikrni maqullab, tuman kutubxona xodimlariga o’z minnatdorchiliklarini bildirdi. Undan so’ng, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining 2022 yil uchun mo’ljallangan ish-rejasining ilmiy-metodik faoliyatining 2 bandida ko’rsatilgan, Hududlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari hamda boshqa kutubxonalar (fuqarolar, o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlari)ning faoliyatini o’rganish va ish rejaning 4 bandindagi tumanimizdagi maktab, kasb-hunar maktabi va texnikum kutubxonalariga uslubiy va amaliy yordam berish ko’rsatilgan, Shu munosabat bilan Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan kutubxona hujjatlarini tayyorlashda va katalog va kartotekalarni yuritishda ko’rsatmalar berilib, fikr almashildi.