2022-yilning 20-aprel kuni, Taxiatosh tumani, Naymanko’l OFY xududidagi 13-sonli umumta’lim maktabida, “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitobxon yoshlar bilan birgalikda davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatiga, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Kadirov, mutaxassis A.Vaysova va maktab kutubxonachisi R.Yarlikapova ishtirok etdi.M.Kadirov tomonidan, bugungi kunda Respublikamiz bo’ylab “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” o’tkazilayotganligi, bu borada kutubxonachi va kitobxonlar bir-biri bilan uzviy bog’likligi tamoyillari asosida har xil tanlovlar, viktorina savol-javoblari, seminarlar o’tkazilayotganligi aytib o’tildi. Yoshlarimiz ham o’z fikrlarida, dunyoda er yuzini quyosh qanday qilib yoritib turgan bo’lsa, kitob ham dunyoda shunday tarzda inson ongi, tafakkuri misolida yoritayotganligin, shuning bilan birga, S.Tsveyening, Tsitseronning, F.V.Gladkovning, N.A.Rubakinning kitob mavzusida aytgan donolik so’zlarini aytib, mazmunini ifodalab aytib berdi. Suhbat mazmunli bo’lishini taminlash maqsadida, M.Kadirov payg’ambarlar, har bir tumanda joylashgan tarixda belgili bo’lgan maskanlar, inshoatlar nomlari, buyuk donishmandlar va botirlar to’g’risidagi xalq tilida yaratilgan afsonalar to’g’risida aytib berdi. Shuning bilan birga, kutubxonaning axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati rahbari mutaxassisi A.Vaysova tomonidan tomonidan Rustam Jabbarovning “Júz jumboqli hikoya” kitobi bo’yicha qiziqli ma’lumotlar borligi, bunda, mazkur kitob yuzta hikoyadan iborat ekanligi, hikoyalar asosan, rivoyatlar, tarixiy haqiqatlar, qiziqarli faktlar asosida yozilganligi, va har bir hikoyada bir sir yashiringanligi, hikoya so’nggida keltirilgan savolga javob topish kerakligi aytib o’tildi va kitobdagi hikoyalar mazmuni aytib berildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы