Bugun, 17-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan, “Sarayko’l” OFY hududidagi, Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 21,22,23-sonli umumta’lim maktablarining kitobxon yoshlari ishtirokida “Zakovat bilimdonlari” shiori ostida, “Zakovat” intellektual o’yin musobaqasi tashkillashtirildi. Bundan maqsad, kitobxon yoshlarni birlashtirish, yoshlarning intellektual salohiyotini rivojlantirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni komil inson bo’lib etishtirishdan iborat edi. Bunda, 22-sonli maktabning direktori Q.Kurbanov, maktablarning ijodiy-madaniy masalalari bo’yicha targ’ibotchisi A. Mamedov, Ma’naviy va ma’rifiy masalalari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Kurbanov, kutubxonachisi O.Raxmanova, 20-sonli maktab kutubxonachisi J.Xanjanova, 21-sonli maktab kutubxonachisi J.Kurbanbaeva, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Turkiy tillari fakultetining Turkman tili yo’nalishi bo’yicha 1-kurs talabasi A.Durdieva, tuman Axborot-kutubxona markazidan J.Kadirbaeva, M.Kadirov, D.Utemuratova, A.Vaysova, “Sarayko’l” OFY yoshlar etakchisi M.Bayramov ishtirok etdi.Maktab direktori Q.Kurbanov bugungi davrda yoshlarimizga berilayotgan e’tibor haqida aytar ekan, u bugungi yoshlarimiz kitobga oshna ekanligi, maktabda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashda barcha sharoitlar yaratilganligi, kitobxon yoshlarni bugun va ertaga har xil mavzudagi tanlovlar o’tkazish orqali birlashtirish kerakligi takidlandi. Shuning bilan birga, kutubxonaning Ma’lumot bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva, “Sarayko’l” OFY yoshlar etakchisi M.Bayramovlar o’zlarining samimiy fikr va takliflarini bildirib, Axborot-kommunikatsiya texnologiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Kadirov tomonidan, “Zakovat” intellektual o’yin musobaqasining shartlari bo’yicha tanishtirib, kutubxonaning foal a’zosi, bir necha bor kitobxon yoshlar musobaqasining g’olibi, bugungi kunda pedagogika institutining Turkiy tillar fakultetining 1-kurs talabasi A.Durbieva tomonidan Zakovat savollari berilishi aytib o’tildi. A.Durdieva tomonidan, qiziqli va mazmunli, mantiqiy va adabiy jami 25 ta savol bugungi ishtirokchilarga berilib, bunda 20-sonli maktabning “Everest” jamosi, 21-sonli maktabning “Samo” jamoasi, 22-sonli maktabning “Renessans” jamosi o’z-aro do’stona bellashdi. “Zakovat bilimdonlari” shiori ostida o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yin musobaqasida o’zlarining chaqqonligi, topqirligi, bilimdonligi bilan, 20-sonli maktabning “Everest” jamosi 1-o’rinni, 22-sonli maktabning “Renessans” jamosi 2-o’rinni, 21-sonli maktabning “Samo” jamoasi 3-o’rinni egallab g’olib deb topilganligi e’lon qilindi va kutubxonaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan Rustam Jabbarovning Yuz jumboqli hikoya kitobi bo’yicha tushuntirish berilib, ushbu kitobni kitobxon yoshlarga o’qishlarini taklif etib, g’oliblar kutubxona tomonidan 1,2,3-darajali diplom bilan taqdirlandi. Kelgusida, “Zakovat” intellektual o’yin musabaqasi barcha MFY va OFY xududlaridan tuzilgan kitobxon yoshlar o’rtasida bo’lishi belgilab olindi. Undan so’ng, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining 2022 yil uchun mo’ljallangan ish-rejasining ilmiy-metodik faoliyatining 2 bandida ko’rsatilgan, hududlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari hamda boshqa kutubxonalar (fuqarolar, o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlari)ning faoliyatini o’rganish va ish rejaning 4 bandindagi tumanimizdagi maktab, kasb-hunar maktabi va texnikum kutubxonalariga uslubiy va amaliy yordam berish ko’rsatilgan, Shu munosabat bilan Ma’lumot-bibliografiya xizmati raxbari J.Kadirbaeva mutaxassis D.Utemuratova tomonidan, 20,21,22-sonli maktabning kutubxonachilariga kutubxona hujjatlarini tayyorlashda, va texnik ishlov berish bo’yicha ko’rsatmalar berilib, fikr almashildi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы