Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Tanishing yangi bolalar adabiyoti» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, «Alisa va uning sarguzashtlari» kitobidan ko’rgazmali ertaklar aytib berildi.

2022-yil 13-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining, Abonoment va xizmat ko’rsatish xizmati raxbari A.Toreniyazova va mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan Yoshlar ma’naviyatin yuksaltirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida «Kitobxonlikni bolalikdan boshlaymiz» shiori ostida tumanimizdagi 15-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida, maktabga tayyorlash guruhi bolalari bilan «Tanishing yangi bolalar adabiyoti» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, «Alisa va uning sarguzashtlari» kitobidan ko’rgazmali ertaklar aytib berildi.

Shuning bilan birga, bolajonlar o’zlarining o’qigan “Sholg’om”, “Ur to’qmoq” ertaklarini mazmunli gapirib berdilar, va sahna ko’rinishi orqali namoyish etdi. Suhbat oxirida bolalar bilan ertak qahramonlari to’g’risida suhbatlashdi.