Joriy yilning 21-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 2-sonli maktab o’qituvchilari tomonidan sayohat tashkillashtirildi.
Sayohatta asosan Taxiatosh tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 2-sonli maktab o’qituvchilari R.Muratova, D.Bekmuratova, J.Nurmuhanova, R.Quralbaevalar va maktabning 5-6-7-8-sinf o’quvchilari qatnashishdi. Kutubxona bo’ylab sayohat Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi B.Yusupova tomonidan olib borildi.
Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova va Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan kutubxona fondi, kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi, qoydalari sayoxatchilar uchun tushuntirilib o‘tildi.
Sayohat davomida o’quvchilar o’zlarining fikrlarini bildirib o‘tdi va qiziqtirgan savollariga kutubxona hodimlari tomonidan javoblar oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы