Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining  eng  yirik namoyandasi,  yangi  davr  oʻzbek  madaniyatining  asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiy hayotidan Bibliografik sharh

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati

Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining  eng  yirik namoyandasi,  yangi  davr  oʻzbek  madaniyatining  asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiy hayotidan Bibliografik sharh

 

Mahmudxoʻja Behbudiy

Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr boʻsagʻasidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining  eng  yirik  namoyandasi,  yangi  davr  oʻzbek  madaniyatining  asoschisidir.  Turkiston jadidlarining  tan  olingan  rahnamosi,  mustaqil  jumhuriyat     gʻoyasining  yalovbardori,  yangi maktab gʻoyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, oʻzbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist.   U tariximizning gʻoyat ogʻir va murakkab bir davrida  yashadi.  XVI  asrdan  boshlangan  inqiroz  va  turgʻunlik,  oʻzaro  janjal,  mahalliy urugʻchilik  nizolari  millatni  holdan  toydirgan,  imkondan  foydalanib  o ʻlkani  zabt  etgan Rusiya  zoʻr  berib,  uni  turgʻun  va  tutqun  saqlashga  urinardi.  Mana  shunday  bir  sharoitda Vatanni butunlay yoʻq boʻlish xavfidan saqlab  qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida  tarbiyalash,  maʼrifat  va  taraqqiyotta  boshlash  jadidlar  nomi  bilan  tarixga  kirgan Behbudiy boshliq fidoyilar zimmasiga tushdi.

Turkistonda  “Usuli  jadid”,  “Usuli  savtiya”  nomlari  bilan  shuhrat  topgan  yangi  maktabni  shular tashkil qilib, shular birinchi boʻlib zamonaviy maktab gʻoyasini ilgari surdilar. Ular oʻz hisoblaridan maktablar ochib, yosh avlodni istiklolga tayyorladilar, sheʼr va maqolalar, sahna  asarlari  orqali  milliy  ongni  shakllantirishga,  milliy  gʻurur  va  iftixor  tuygʻularini singdirishga urindilar. Rusiya qonunlari imkon bergan darajada Turkiston musulmonlarining  shaʼnu  shavkatini  himoya  qildilar,  inqilob  yillarida  esa  mustaqillik  bayrogʻini  baland koʻtardilar.

Mahmudxoʻja  Behbudiy  mana  shu  Turkiston  jadidchilik  harakatining  asoschisi,  boshlab beruvchisi edi. U 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog ʻida, ruhoniy  oilasida  dunyoga  kelgan.  Otasi  Behbudxoʻja  Solihxoʻja  oʻgʻli  turkistonlik,  Ahmad Yassaviyning  avlodlaridan,  ona  tomonidan  bobosi  Niyozxo ʻja  urganchlik  boʻlib,  amir Shohmurod  zamonida  (1785–1800) Samarqandga  kelib  qolgan.  1894  yilda  otasi,  imomxatiblik bilan shugʻullanib kelgan Behbudxoʻja vafot etadi. Yosh Mahmudxoʻja  togʻasi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramogʻida oʻsib voyaga yetadi. Arab sarfu nahvini kichik togʻasi Mulla Odildan oʻrganadi. 18 yoshida qozixonada mirzolik qila boshlaydi. O ʻz ustida qunt bilan ishlab, shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha koʻtariladi. Yosh Mahmudxoʻja  dunyoqarashining  shakllanishida  Rusiya  jadidchilik  harakatining  asoschisi Ismoilbek Gasprinskiyning xizmati  katta  bo ʻlgan. U 1892  yilda Turkistondagi  maktablarni isloh kilish, “usuli savtiya”ni joriy etish taklifi bilan general gubernator N. O. Rozenbaxga murojaat  etadi.  Javob  olmagach,  1893  yilda  oʻzi  Toshkentga  keldi.  Samarqand,  Buxoroda boʻldi. Mahalliy xalq bilan gaplashib, dastlabki yangi usul maktablarni ochishga muvaffaq boʻldi. Behbudiy oʻz xotiralarida ustozi bilan uchrashuvlarini ixlos va muhabbat  bilan tilga oladi.

1899–1900 yillarda Behbudiy haj safariga boradi. Dunyo koʻrish izsiz ketmaydi. Safar yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbus va gʻayrati bilan 1903 yilda Samarqand  atrofidagi  Halvoyi  (S.  Siddiqiy),  Rajabamin  (A.  Shakuriy)  qishloqlarida  yangi maktablar  tashkil  topdi. Adib bu  maktablar uchun  darsliklar  tuzishga kirishadi.  Ketma-ket “Risolai  asbobi  savod”  (1904),  “Risolai  jugʻrofiyai  umroniy”  (1905),  “Risolai  jugʻrofiyai Rusiy”  (1905),  “Kitobatul-atfol”  (1908),  “Amaliyoti  islom”  (1908),  “Tarixi  islom”  (1909) kabi kitoblari paydo boʻladi.

1903–1904  yillarda  Maskov,  Peterburgga  boradi,  1907  yilda  Qozon,  Ufa,  Nijniy  Novogorodda boʻladi. Bular sayohat emas, xizmat safari edi. Masalan: Nijniy Novogorodda 1907 yilning 23  avgustida Rusiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bagʻishlangan  qurultoyi  chaqiriladi.  Behbudiy  turkistonliklar  guruhini  boshqaradi  va  katta nutq soʻzlaydi.

Maʼrifat  uchun  birgina  maktab  kifoya  qilmaydi.  Zamon  va  dunyo  voqealari  bilan  tanishib bormoq  kerak.  Millat  va  Vatanning  ahvolidan,  kundalik  hayotidan  ogoh  boʻlmoq  lozim. Millat uchun oyna kerak, toki undan oʻz qabohatini ham malohatini ham koʻra olsin.

Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuotga boshladi. “Padarkush” dramasi  shu tariqa maydonga  keldi. Biroq uning dunyo koʻrishi oson kechmadi. “Padarkush” dramasi 1913  yildagina  bosilib  chiqadi.  Kitob  jildiga  “Borodino  jangi  va  Rossiyaning  fransuzlar bosqinidan  xalos  boʻlishining  yubiley  sanasiga  bagʻishlanadi”  degan  yozuv  bilan  Tiflis senzurasidan ruxsat olinadi. Bosilib chiqqandan keyin ham sahnaga qo ʻyish uchun yaqin bir yil vaqt ketadi.

“Padarkush”  –  oʻzbek  dramachiligining  hamma  yakdil  eʼtirof  etgan  birinchi  namunasidir.  Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmunga koʻra  yangi oʻzbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif “Milliy fojia” atagan 3 parda 4 manzarali bu drama hajman  ixcham,  mazmunan  nihoyatda  sodda  va  joʻn  edi.  Oʻqimagan  bolaning  buzuq yoʻllarga kirib oʻz otasining oʻldirgani, nodonlik va jaholat haqida edi.

“Padarkush” dastlab Samarqandda 1914 yilning 15 yanvarida sahnaga qo ʻyidsi. Spektakl oʻz  maishatiga oʻralib, dunyoni unutgan millatdoshlarga chakmoqdek taʼsir etdi. U Toshkentda  1914 yilning 27 fevralida qoʻyildi.  Avloniyning “Turon” gruppasi Kolizey (Hozirgi savdo birjasi binosi)da o ʻz faoliyatini mana shu “Padarkush” bilan boshlangan edi. Spektakl boshlanish oldidan Munavvarqori teatrning jamiyat  hayotidagi  oʻrni  haqida  nutq  soʻzlaydi.  Bosh  rolni  A.  Avloniyning  oʻzi  ijro  etadi. Mahalliy matbuot bu kunni “tarixiy kun” deb yozadi. “Turon” gruppasi 1914–1916 yillarda bu spektakl bilan butun Fargʻona vodiysini aylanib chikdi. Turkistonni junbushga keltirgan qirgʻinbarot inqilob yillarida ham sahnadan tushmadi. Bu bir tomondan millatni maʼrifat va taraqqiyot sari undashda katta ahamiyatga ega bo ʻlsa, ikkinchi tomondan professional o ʻzbek teatri va dramachiligining maydonga kelishi hamda taraqqiyotida muhim xizmat qildi.

Bu asarning oʻz davrida adabiy harakatchilikka yetkazgan taʼsiri haqida qaydlar koʻp. Buning shohidi  sifatida  Abdulla  Qodiriyning  1913  yillarda  chiqqan  “Padarkush”  p ʼyesasi  taʼsirida “Baxtsiz  kuyov”  degan  teatr  kitobini  yozib  yuborganimni  oʻzim  ham  payqamay  qoldim, degan  eʼtirofini  eslash  kifoya.  1916  yilda  Toshkeshta  ke lib  Kolizeyda  “Turon”ning  qator spektakllarini  koʻrgan  A.  N.  Samaylovich  yozadi:  “Turkistonda  yangi  adabiyot  maydonga keldi. Bu men uchun kutilgan hol edi… Yangi adabiyotning markazi  –  Samarqand… Yesh qalamkashlarning bosh ilhomchisi samarqandlik mufti Maxmudxoʻja Behbudiydir”.

1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shugʻullandi. Apreldan “Samarqand” gazetasini chiqara boshladi. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, so ʻng toʻrt sahifada  chop  etilgan.  45-soni  chiqib,  moddiy  tanqislik  tufayli  toʻxtagan.  Soʻng  Behbudiy shu yilning 30 avgustidan “Oyna” jurnalini chiqara boshlaydi. “Haftalik, suratlik bu majalla, asosan, oʻzbek tilida boʻlib, unda ixcham forsiy sheʼr, maqolalar, ruscha eʼlonlar ham berib boriladi… Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi… Jadidlarning sevikli jurnallari edi…” deb yozgan edi Ziyo Said.

Behbudiy  shu  yillari  nashr  ishlari  bilan  qizgʻin  shugʻullandi.                       A. V.Pyaskovskiy  uning  oʻz bosmaxonasida  Fitratning  “Bayonoti  sayyohihindi”  asarini  1913 yilda ruschaga tarjima qildirib, nashr etganini xabar beradi…

1914  yilning  29  mayida  Behbudiy  ikkinchi  bor  arab  mamlakatlariga  sayohatga  otlanadi.  Poyezdga  oʻtirib  Bayramali  orqali  Ashxobodga  oʻtadi.  Krasnovodsqdan  paraxod  bilan Bokuga  boradi.  2  iyunda  Mineralniye  vodi-Kislovodsk-Pyatigorsk,  Jeleznovodsk-RostovOdessani kezib, 8 iyunda Istanbulga kirib keladi. Kichik sayohatdan so ʻng Istanbulga qaytib, 21  iyunda  suv yoʻli bilan  Quddusga yoʻl oladi.  Bayrut, Yofa, Xalil  ar-Rahmon,  Port  Said, Shom  shaharlarini  tamoshaqiladi…  Sayohatxotiralari  har  jihatdan  gʻoyat  muhim  boʻlib, Behbudiy ularni oʻz jurnali “Oyna”ning 1914 yil sonlarida mazkur nom ostida peshma-pesh berib boradi. Bu “Xotiralar” ham maʼrifiy, ham adabiy estetik jihatdan nihoyatda muhim. U adabiyotimizdagi  anʼanaviy  tarixiy  meʼmuar  janrining  XX  asr  boshidagi  oʻziga  xos namunasidir.

“Oyna”  jurnali  maʼrifat  va  madaniyat  tarqatishda  juda  katta  xizmat  qildi.  Unda  millat  va uning  haq-huquqi,  tarixiga,  til-adabiyot  masalalariga,  dunyo  ahvoliga  doir  qizikarli maqolalar,  bahslar  berib  borilgan.  Ayniqsa,  til  masalasi  muharrirning  hamisha  diqqat  markazida turdi. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisoblardi.  Jurnalning 1913 yil 13 avgust birinchinishona sonidayoq “Ikki emas, to ʻrt til lozim” degan maqola bilan chiqqan edi.

Behbudiy adabiy tanqidga katta eʼtibor berdi. Navoiydan keyingi bir necha asrlik sukunatdan soʻng bu sohaning xos xususiyatlarini taʼkidlab adabiyotda tenghuquqlilik masalasini oʻrtaga qoʻydi.  Maqola  “Tanqid  saralamoqdur”  (1914  y.  27-son)  deb  nomlangan  edi.  Adibning barcha  tarixiy-ilmiy  mavzudagi  maqolalari  oʻtmishga  kamoli  ehgirom  va  eʼtiqod  bilan yozilgan.

Behbudiy  millat  oʻzini  anglagandagina  ijtimoiy-siyosiy  masalalarni  boshqalar  bilan  teng muhokama eta oladi, degan fikrda boʻldi. Shuning uchun ham tarixga alohida eʼtibor berdi.

Umuman Behbudiyning publitsist sifatida faoliyati adib isteʼdodini juda yorqin bir qirrasini tashkil  etadi.  U  oʻz  umri  davomida  yuzlab  maqolalar  yozdi.  Oʻzining  Millat  va  Vatan, jamiyat  va  axloq  haqidagi  fikrlarini  ko ʻproq  maqola  va  chiqishlarida  ifoda  etdi.  Baʼzilar uning  maqolalari  200,  boshqalar  300  deb  belgilaydilar.  Uning  barcha  maqolalari  aniqlab chiqilmagan. Muhimi shundaki, u XX asr boshidagi Turkistonning yirik siyosiy arbobi edi. Uning Millat va Vatan taqdiri haqidagi barcha qarashlari, avval, mana shu maqolalarida aks etgan edi. Bu jihatdan, uning 1906 yil 10 oktyabrda “Xurshid” (6-son) gazetasida bosilgan  “Xayrul umuri avsotuho” (“Ishlarning yaxshisi oʻrtachasidur”) maqolasi diqqatga  sazovordir. Bu  maqola  uzoq  yillar  Sovet  tarix  fani  nuqtai  nazaridan  baholanib,  Behbudiyni  qoralash uchun  nishon  boʻlib  keldi.  Gap  shundaki,  Behbudiy  oʻsha  1906  yildayoq  sotsialistik taʼlimotni va uni Rusiyada amalga oshirishga bel bogʻlaganLenin partiyasini keskin rad etgan edi. U ham ustozi I. Gasprinskiy kabi sotsializmni zoʻrovonlik hisoblaydi, sotsial tenglikni adolatsizlik  deb  bildi.  Shaxs  manfaatdorligida,  millat  ravnaqida  taraqqiyotning  buyuk omilini koʻrdi. Xuddi shu eʼtiqod uni Turkistonning mustaqilligi uchun kurashga yetakladi.

Vatan  takdiri  kun  tartibiga  qoʻyilgan  1917  yilning  16–23  aprelida  Behbudiy  Toshkentda  boʻlib  oʻtgan  Turkiston  musulmonlarining  150  vakili  ishtirok  etgan  qurultoyida  hayajonli nutq soʻzladi. Millatni oʻzaro ixtiloflardan voz kechishga, buyuk maqsad yoʻlida birlashishga, ittifoq  boʻlishga chaqirdi. Xuddi shu ixtilofimiz sababli “mustamlakot qoidasi ila bizni idora eturlar” deb ochiq aytdi.

Shu  yilning  26  noyabrida  Qoʻqonda  oʻlka  musulmonlarining  IV  favqulodda  qurultoyi  ish boshladi.  27  noyabrga  oʻtar  kechasi  “Turkiston  muxtoriyati”  eʼlon  qilindi.  Bu mustamlakadan mustakillik tomon qoʻyilgan jiddiy va jasoratli qadam edi. Uning maʼnaviy otasi, shuhbasiz, Behbudiy edi. Biroq u Sovetlar tomonidan xoinona bostirildi. 19–20 fevral  kunlari shahar toʻpga tutildi. 10 ming turkistonlik oʻldirildi, 180 qishloqqa  oʻt  qoʻyildi.

Behbudiy  iztirob  bilan  Samarqandga  qaytadi.  U  yerda  tura  olmay,  Toshkentga  keladi.  Turkiston  rus  sovet  hukumati  rahbarlari  bilan  muzokara  olib  borishga  urinadi.  Tabiiyki, muzokaralar natija bermaydi. Millatni, milliy taraqqiyotni inkor etgan shoʻrolar yoʻli aldov va  zoʻravonlikka  asoslanganini  bilardi.  Shuning  uchun  ham  uni  1906  yildayoq  aql  va shariatga zid deb eʼlon qilgan edi.

Orzulari chil-chil boʻlgan Behbudiy 1919 yilning bahorida, 25 martda parishon holda yo ʻlga chiqadi va Shahrisabzda qoʻlga olinib, taxminan ikki oy o ʻtgach, Qarshiga keltirib zindonga tashlandi.  Bir  necha  kundan  soʻng  Qarshi  begi  Togʻaybekning  buyrugʻi  bilan  zindon yaqinidagi  “podsholik  chorbogʻi”da  oʻldirilgan.  Uning  qatli  haqidagi  xabar  o ʻsha  paytdagi poytaxtimiz Samarqandga rosa bir yildan keyin maʼlum boʻldi. 1920 yilning aprelida butun Turkiston motam tutdi.

1926–27  yillarda,  11  yil  Qarshi  shahri  Behbudiy  nomi  bilan  yuritildi.  Adibning  nomini adabiylashtirilishi  shunchaki  bir niqob  edi, uning  asl  qiyofasi  xalqdan  sir  saqlandi. Qarshi shahriga  uning  nomi  qoʻyilgan  oʻsha  1926  yildayoq  jadidchilikni  aksilinqilobiy, aksilshoʻraviy harakat sifatida qoralash kоmpaniyasi boshlab yuborilgan edi.

Bugun Behbudiy kabilar muqaddas tutgan yurt ozod va mustaqil boʻldi. Ular jon fido etgan istiqlol  avlodlariga nasib  etdi.  Millat  va  Vatan  mustaqilligi  yo ʻlida  fido boʻlganlar  esa shu Millat va Vatan umri qadar boqiydirlar.

 

 

Tayyorlagan:                 J.Kadirbaeva