
Joriy yilning 14 sentyabr kuni, tuman XTBga qarashli 18 maktabning ijtimoiy-madaniy masalalari bo’yicha targ’ibotchi G. Bekimbetova tomonidan, O’zbekiston xalq shoiri Ramz Bobojonning 100 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkillashtirildi. Adabiy kechaga, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonemnt va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tuman bo’limi mutaxassisi G.Reyimova, tuman hokimligi maslahatchisi N.Atiyazova faol ishtirok etdi. Adabiy kechani Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tuman bo’limi mutaxassisi G.Reyimova ochib berdi. Adabiy kechada maktab o’quvchilari Ramz Bobojonning hayoti va ijodi haqida ko’plab ma’lumotlar berib o’tdi, o’zlarining tayyorlagan musiqali kontsert dasturlari va raqslari bilan, mehmonlarni hayratlantirdi.Shuningdek, shoirning “Yusuf va Zulayho” dostonidan Zulayho monologini ifodali tarzda o’qib eshittirishdi. Adabiy kecha oxirida tuman hokim maslaxatchisi N.Atiyazova va tuman Axborot kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish mutassisi D.Xalbaeva o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi. Adabiy kecha mazmunli o’tdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы