Joriy yilning 24 noyabr kuni Taxiyatoah tumani “Barkamol avlod” maktabida “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazildi. Bunda “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘qib, hunar o‘rganayotgan o‘quvchilari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi kutubxonachisi G.Taganberdiyeva, tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi D Xalbayeva va Ma’lumot-bibliografiya mutaxassisi D. Utemuratova qatnashdilar.
Tadbir davomida D.Xalbayeva tomonidan “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘qib, hunar o‘rganayotgan kitobxonlar ishtirokida kutubxonamizdagi yangi adabiyotlar haqida tanishtirib, “O‘yla, izla, top” savol-javob o‘yini o‘tkazildi. O‘yinda kitobxonlar faol ishtirok etib, “Fahriy yorliqlar” bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы