Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, 26-fevral kuni tasdiqlangan, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida ko’chma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Ma’lumot-bibliografiya xizmati raxbari J.Kadirbaeva va ATK xizmat raxbari M.Kadirov tomonidan,2022-yilning 28-fevral kuni 1-sonli umumta’lim maktabining 6a sinf «Bilimdon», 6b sinf «Zukkolar» va 6v sinf «Epchillar» o’quvchilari orasida «Otalar so’zi aqlning ko’zi» mavzusida tanlov o’tkazildi. Tanlovda, mehnat, do’stlik, vatan, ota-ona singari mavzular tanlab olinib, o’quvchi yoshlar o’z-ora bellashdilar. Tanlovga yoshlar yaxshi tayyorgarlik ko’rganligi, tanlovdagi o’z-ora bellashuv shartida namoyon bo’ldi. Mazmunan boy, qiziqarli bo’lgan tanlovda 6b sinf «Zukkolar» jamoasi jami 134,9 ball egallap 1-o’rinni olishga muvofiq bo’ldi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы