Joriy yilning 28 fevral kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning 1 mart tavallud topgan kun munosabati bilan suhbat kechasi bo’lib o’tdi. Kechada tuman hokimi maslahatchisi N.Atiyazova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi bosh mutaxassisi G.Reymova, Axborot-kutubxona markazi direktorii, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi N.Sultanova, abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmat mutaxassisi D.Xalbaeva va 6,9,11-sonli umumta’lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalari bo’yicha targ’ibotchilari ishtirok etishdi. Suhbat kechasida tumanning iqtidorli o’quvchi qizlari jalb etilib, Zulfiya Isroilova hayoti va ijodi haqida yaqindan suhbatlashib, shoiraning she’riyatidan lavhalar aytib berdilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы