Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kitoblar ko’rgazmasi va Rustam Jabbarovning “Júz jumboqli hikoya” kitobi bo’yicha kitobxon yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida ko’shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida 7-mart kuni tumanimizdagi 4 sonli umumta’lim maktabiga tashrif uyushtirildi.  Ushbu maktab o’quvchi yoshlarga, kutubxonaning Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati  raxbari A. Tureniyazova tomonidan kitoblar ko’rgazmasi  tashkillashtirildi.    Shuning bilan birga, kitob o’qishga qiziqadigan o’quvchi yoshlar bilan suhbatlashilib, Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan   kitob mavzusida suhbatlashildi va Axborot-kommunikatsiya  texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan Rustam Jabbarovning “Júz jumboqli hikoya” kitobi bo’yicha qiziqli  ma’lumotlar borligi, bunda, mazkur kitob yuzta hikoyadan iborat ekanligi, hikoyalar asosan, rivoyatlar, tarixiy haqiqatlar, qiziqarli faktlar asosida yozilganligi, va har bir hikoyada bir sir yashiringanligi, hikoya so’nggida keltirilgan savolga javob topish kerakligi aytib o’tildi va kitobdagi hikoyalar mazmuni aytib berildi. Undan so’ng, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining 2022 yil uchun mo’ljallangan ish-rejasining ilmiy-metodik faoliyatining 2 bandida ko’rsatilgan, Hududlardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari hamda boshqa kutubxonalar (fuqarolar, o’zini o’zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, tijorat tashkilotlari)ning faoliyatini o’rganish va ish rejaning 4 bandindagi tumanimizdagi maktab, kasb-hunar maktabi va texnikum kutubxonalariga uslubiy va amaliy yordam berish ko’rsatilgan, Shu munosabat bilan Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan kutubxona hujjatlarini tayyorlashda va katalog va kartotekalarni yuritishda ko’rsatmalar berilib, fikr almashildi.