Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Bilimdon bolalar” nomli Kvest intelektual bolalar o’yini o’tkazildi.

Bugun, 27-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Bilimdon bolalar” nomli Kvest intelektual bolalar o’yini o’tkazildi.

Kvest intelektual bolalar o’yiniga, tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli maktablarning ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi G.Niyazova, kutubxonaning Abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazova, mutaxassis D.Xalbaeva, Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysovalar va kitobxon yoshlar ishtirok etdi.
Avval, ishtirokchilarga Kvest o’yinining sharti va qoidalari bilan tanishtirilib o’tildi va jamoalar bo’yicha qoida va tartiblar belgilanib olindi.

Qoida tariqasida, ular birinchi navbatta birinchi shart bo’yicha bellashib, ular kitob nomlari, kitob mazmunidan iborat krossvord echish sharti berilib, undagi ballar hisob kitob qilindi va ikkinchi shartga start berildi. Bunda bolalar qizg’in musobaqaga boy bo’lishi uchun, velosiped haydagan holda o’zlarining yod olgan she’rlaridan aytib bellashdi va keyingi uchunchi bosqichda esa mening qahramonim nomli bosqichdan iborat bo’lib, o’zlarining sevgan qahramoni obrazin saxnalashtirilgan ko’rinishida ko’rsatib berilish sharti topshirilib, yakuni bo’yicha ballar hisob kitob qilinib, “Chaqqonlar” jamoasi 83.4 ball bilan birinchi o’rinni egalladi va g’oliblar fahriy yorliqlar va sovg’alar bilan taqdirlandi.