Joriy yilning 28 sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot – kututubxona markazi hodimlari tomonidan Taxiatosh tumani XTBga qarashli 1-sonli umumta’lim maktabining majlislar zalida 1-oktyabr ustozlar bayramiga bag’ishlangan “Ustoz otangday ulug’” nomli bayram kechasi tashkillashtirildi. Bayram kechasida Taxiatosh tumani Barkamol avlod maktabi hodimlari,Taxiatosh tumani XTBga qarashli 1-sonli maktab kutubxonachilari R.Qutlimuratova, Yu.Abdusadikova, musiqa madaniyati fani o’qituvchisi G.Jalimbetova va 4,7, 8, 9-sinf o’quvchilari qatnashdi. Bayram kechasini 1-sonli umumta’lim maktabining ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G. Erejepova va maktab psixologi A.Bekniyazovalar ochib berdilar. Bayram kechasi davomida maktab o’quvchilari kontsert dasturlarini namoyish etdilar.Bayram kechasi ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы