Joriy yilning 6-oktyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot –kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva va Axborot-bibliografiya mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan Taxiatosh tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 18-sonli umumta’lim o’rta maktabining 5, 9, 10-sinf o’quvchilari ishtirokida “Keling tanishamiz, bizda yangi adabiyotlar” nomli suhbatlashuv kechasi va kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Suhbatda 18-sonli maktabining kutubxonachisi Matjanova Mahsuda, maktab targ’ibotchisi G.Bekimbetova, o’zbek tili o’qituvchisi R.Madyarova, M.Abdullaevalar qatnashdilar.Suhbat davomida kutubxona mutaxassislari kutubxona manzili, kutubxonaga a’zo bo’lish qonun – qoidalari, kutubxonadagi internet tarmoqlaridagi manzillari, haqida to’liq ma’lumotlar berib o’tdi.Shuning bilan birga kutubxona hodimlari o’quvchilarning qiziqtirgan savollariga to’liq javob berib, o’quvchilarning darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida va kitobga bo’lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida ko’rgazmadagi yangi adabiyotlar haqida qiziqarli tarzda ma’lumotlar berib o’tdilar.Suhbat mazmunli va qiziqarli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы