Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“INFOLIB O’zbekiston – 2022” XI milliy Axborot-kutubxona haftaligi doiriasida tumanimizdagi Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-sonli umumta’lim maktabida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va umumta’lim maktab kutubxonachilari bilan birgalikda “Zakovat” intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 3-noyabr kuni “INFOLIB O’zbekiston – 2022” XI milliy Axborot-kutubxona haftaligi doiriasida tumanimizdagi Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-sonli umumta’lim maktabida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va  umumta’lim  maktab kutubxonachilari bilan birgalikda “Zakovat” intellektual o’yini tashkillashtirildi.

“INFOLIB O’zbekiston – 2022” XI milliy  Axborot-kutubxona haftaligi kitobxon yoshlarni kutubxona xodimlari bilan birlashtirdi, shuning bilan birga iqtidorli yosh kitobxonlar o’z-aro fikr almashib, kitob mutolaasiga bo’lgan intilishlari ortdi.

“Zakovat” intellektual o’yinini o’tkazishdan maqsad barcha maktab kitobxonlarini birlashtirish ularning intellektual salohiyatini oshirish, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdan iborat bo’ldi.

“Zakovat” intellektual o’yiniga jami 19 ta umumta’lim maktab kitobxon yoshlari ishtirok etib, ushbu maktab kitobxonlari o’z-ora bellashdi. Tuman kutubxonasi tomonidan adabiy, tarixiy kitoblardan va mantiqiy savollardan iborat bo’lgan savollar tuzulib, kitobxon yoshlar o’zlarining bilimdonligi, chaqqonligi bilan ajiralib turgan kitobxon yoshlar ja’mosi g’olib deb topilib;

1-o’rinni: 2-sonli maktab o’quvchilari 160 ball

2-o’rinni: 9-sonli maktab o’quvchilari 150 ball

3-o’rinni: 4-sonli maktab o’quvchilari 135 ball bilan belgilangan o’rinlarni egallab g’olib deb topilib, ularga 1,2,3-darajali diplom bilan,  shuning bilan birga, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillashtirilgan “INFOLIB O’zbekiston – 2022” XI milliy Axborot-kutubxona haftaligi doiriasida maktab kutubxonachilari fa’ol ishtirok etganligi uchun fahriy yorliqlar bilan taqdirlandi.