Joriy yilning 15-noyabr kuni Taxiatosh tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli №3 sonli umumta’lim maktabida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kutubxonamizdagi yangi adabiyotlardan “Bu juda qiziq” va “Dunya mamleketleri” kitoblari bo’yicha ma’lumot berildi.
Bunda Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat kursatish xizmati bo’limi mutaxassisi D.Xalbaeva yosh kitobxonlarga kitobning kelib chiqishi tarixi, qadimda kitoblarning qanday bo’lganligi, o’sha davrdagi ommabop kitoblar va hozirgi vaqtga qadar kitoblarning yaratilish haqida keng turda tushunchalar berildi.
Shuning bilan birga, “Dunyo mamlakatlari” kitobi bo’yicha dunyoda har xil mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar borligi, har biri o’ziga yarasha go’zal, sirli va qiziqli ekanligi, bu kitob aynan jahonning eng ko’zga ko’ringan mamlakatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berilganligi, bu kitobda nafaqat jahon mamlakatlari shu bilan bir qatorda O’rta Osiyodagi mamlakatlari haqida va tarixiy shaharlardan biri bo’lgan Buxoro, Xorazm, Samarqand, Termiz, Shahrisabz shaharlarining qanday barpo qilinganligi, yoshi 2700 yildan kam emasligi, O’zbekiston Respublikasi hududi bo’yicha dunyoda 56-aholi soni bo’yicha 41-o’rinda turganligi, shunga o’xshash bizlarga qo’shni bo’lgan mamlakatlar Qozoqiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston va boshqa mamlakatlar haqida juda qiziqarli ma’lumotlar berilganligi haqida aytib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы