2023-yil 24-yanvar kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining, Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan «Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatin rivojlantirish» bo’yicha «Ertaklar olamiga sayohat» shiori ostida tumanimizdagi 6-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida, maktabga tayyorlash guruhi bolalariga, «Jek baxti» kitobidan ko’rgazmali ertak aytib berildi.
Ko’rgazmali ertakda bolalarga Jek va uning kimlar bilan yo’lda tanishib qolganligi va ularning sarguzashtlari,qaroqchilar o’g’rilarning nima qilganligi va o’g’rilikning oxiri voy ekanligi haqida ham aytib ham ko’rsatib berildi. Bolalar bilan suxbatlashildi va o’g’rilik yomon odat ekanligi aytib tushuntirildi.
Shuning bilan birga bolalikdan boyitilgan yetarli darajada quvvantlantirilgan inson tasavvuri katta kashfiyotlar qilishga qodir shuning uchun ham bolalarga ertak aytib berish orqali ularning kitobga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytirgan bo’lamiz.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы