Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Yoshlarning bilim salohiyatini oshirish va ikki buyuk shaxs hayoti va ijodini yanada chuqurroq o’rganish maqsadida “Zakovat” intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 31-yanvar kuni Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskanida Axborot – kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi birgalikda yoshlarning bilim salohiyatini oshirish va ikki buyuk shaxs hayoti va ijodini yanada chuqurroq o’rganish maqsadida buyuk mutafakkir, so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Shox va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkillashtirildi. “Zakovat” intellektual o’yini tarzida tashkil etilgan bilimlar bellashuvida xar biri 6 kishidan iborat 5ta jamoa kuch sinashdi. Bular  3, 4, 6, 9-sonli umumta’lim maktablari va  Kasb-hunar maktabi o’quvchilarining “Zukkolar”, “Xamsa”, “Taxiatosh”, “Renessans”, “Femida” jamoalari o’z – aro bellashdilar. “Zakovat” savollari asosan ikki buyuk  shaxs  hayoti va ijodidan tuzilgan bo’lib, barcha jamoa a’zolari chaqqonligiva bilimdonligi bilan faol qatnashdilar.   O’yin yakunida 1-o’rinni Taxiatosh tumani kasb-hunar maktabi o’quvchilari “Taxiatosh” jamoasi, 2-o’rinni 9-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari “Femida” Jamoasi va 3-o’rinni 4-sonli umumta’lim maktabining o’quvchilari  “Xamsa” jamoalari egalladi.  O’yin oxirida barcha qatnashgan jamoalar fahriy yorliqlar bilan taqdirlandi.