Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

2023-yil 3-fevral kuni Taxiatosh tumani 4-sonli MTT bo’limida «Kitobxonlikni bolalikdan boshlaymiz» shiori ostida bolalar bilan davra suxbati tashkillashtirildi.

Bugungi kunda xalqimiz orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish borasida davlat siyosati darajasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun kitobxonlikni bolalikdan boshlashimiz shart. Bog’cha maskanlarida tarbiyachi opalar, uylarida ota-onalar yordamida bolajonlar uchun har-hil ertaklar aytib, ertak qaxramonlarining rasmlarini ko’rsatib, kitoblardan parchalar o’qib berishlari, farzandlarini kitobxonlikka qiziqtirishlari lozim. Shuning uchun, bolalarning fikrlash qobiliyatlari, ongi, kitoblarga bo’lgan qiziqishlari kuchayadi.

Shu bois, mitti bolajonlarimizning qalbidanoq kitobxonlik madaniyatini rifojlantirish maqsadida Taxiatosh tumani Maktabgacha ta’lim tashkiloti bo’limiga qarashli 4-sonli MTT bo’limida «Kitobxonlikni bolalikdan boshlaymiz» shiori ostida bolalar bilan davra suxbati tashkillashtirildi. Davra suxbatida tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan kutubxona haqida malumotlar berildi va kutubxonamizdan o’rin olgan «Kekkaygan sichqon» kitobidan rasmlari yordamida ko’rsatilib kitobning mazmuni aytib berildi. Shuning bilan birga kutubxona mutaxassisi A.Vaysova tomonidan bolalar bilan suxbat qilinib, suxbatda bolalar o’zlarining eshitgan ertaklari haqida so’zlab berdi. Bolalarning qiziqishlari va qaysi ertak qahramonlarini yoqtirishlari haqida qizg’in suhbat bo’lib o’tdi. Shuning bilan birga A.Vaysova tomonidan «Qaraqalpaq xalıq ertekleri» kitobidan «Mo’jenetas» ertagi aytib berildi. Ertak davomida Mo’jenetas haqida bolalarning fikrlari tinglandi.