Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobxonlar bilimdoni» mavzusida savol-javob viktorinasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 8-fevral  kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda tuzilgan qo’shma ish-rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 4-sonli maktab kutubxonasida Axborot – kutubxona markazi  xodimi J.Kadirbaeva va 4-sonli maktab kutubxonachisi A.Redjepova bilan birgalikda yoshlarning  bilim saviyasini oshirish va ikki buyuk shaxs hayoti va ijodini yanada chuqurroq o’rganish maqsadida,  buyuk mutafakkir, so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining  582 yilligi va Shox va shoir Zahriddin Muhammad  Bobur  tavalludining  540 yilligi munosabati bilan ikki buyuk shaxs hayoti va ijodidan «Kitobxonlar bilimdoni» mavzusida savol-javob viktorinasi tashkillashtirildi.

«Savol-javob»  viktorinasida 4-sonli maktabning foal kitobxonlari  qatnashdi.  “Savol-javob”  savollari asosan ikki buyuk  shaxs  hayoti va ijodidan tuzilgan bo’lib, kitobxonlardan 8v-sinf o’quvchilari Mayrambaeva Albina va Amanbaeva Aynura, 10b-sinf o’quvchisi Jangabaeva Manzura va 6b-sinf o’quvchisi Muratov Jahongirlar o’zlarining  chaqqonligi va bilimdonligi  bilan faol qatnashdilar. O’yin oxirida Axborot-kutubxona markazi tomonidan ishtirok etganlarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.