Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Mahliyo Xolmurodovaning «Antiqa kosa» kitobidagi «Jasur qiz» ertagi bo’yicha bolalar bilan suhbatlashildi.

Joriy yilning 8-fevral kuni, Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda tuman Axborot-kutubxona markazining  Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan 4-sonli umumta’lim maktabining 4-sinf o’quvchilari uchun kutubxonamizdan o’rin olgan Mahliyo Xolmurodovaning «Antiqa kosa» kitobidagi «Jasur qiz» ertagidan aytib va shu ertakning mazmuni bo’yicha bolalar bilan suhbatlashildi.

O’quvchilar uchun «Jasur qiz» ertagi aytilib, ertakdagi bir cholning ko’zi ko’rmay qolganligi, bir shahardagi tabibning bog’idagi bir giyohning bargidan tayorlangan damlamani ko’zga surtilsa ko’zning tuzalishi haqida eshitib, o’g’li bo’lganida o’sha malhamni topib olib kelishini aytib, o’sha cholning bo’lsa uchta qizi bo’lib, katta qizi malhamni olish uchun ketishi va yo’lida voqealarga uchrashi, qo’riqqanidan qaytib kelishi, ikkinchi qizi bo’lsa qo’rqmasligini aytib, uning ham yo’lga chiqishi, u ham huddi katta qizi singari qo’rqib orqasiga qaytishi, kenja qizi bo’lsa otasiga rahmi kelganidan hech narsadan qo’rqmasdan yo’lga chiqishi, yo’lidagi har-hil voqealarga, qiyinchiliklarga qaramasdan maqsadi sari olg’a borib otasining armonini ruyobga chiqarganligi haqida aytib o’tdi.

Suhbat davomida bolalar bilan birgalikda ertakdagi voqealar, ertakning bo’lsa yaxshilik bilan yakunlanishi haqida suhbatlashildi. Shuning bilan birga maktab kutubxonachisi Xasanova Altinoy va 4-sinf rahbari  O’razbaeva Manzura ertak eshitib tasirlanganligi, juda qiziqarligi ekanligi haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.