Ushbu maktab o’quvchi yoshlariga, kutubxonaning abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.Toreniyazova tomonidan “Men súygen kitap” mavzusi bo’yicha — insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi, aql qayrog’i va bilim manbai ekanligi, kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo’tabar va muqaddas deb hisoblaganligi, shuning uchun kitobga bo’lgan muhabbat, uni qadrlash, o’qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligi, insonning madaniyati uning kitobida aks etishi, haqiqatdan ham, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo’lishining muhim omili – bu kitobga do’st bo’lishi, hamisha kitob o’qish va kitob mutolaasini umr bo’yi kanda qilmaslik kerakligi, ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o’rni borligi, chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka yo’l ochib berishi haqida gapirib berdi.
Shuning bilan birga o’quvchi kitobxon yoshlar o’zlarining sevib o’qigan kitoblari Pirnazarova Jazira, Xudoyberdi To’xtaboevning “Sariq devni minib”, Annabaeva Gulseyran, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Aytmuratova Alina jahon adabiyotlaridan biri “Baxtiqaro Kerri” kitoblari bo’yicha so’zlab berdi.
Suhbat so’ngida kitobxon yoshlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы