Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma ish-rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizdagi 3-sonli umumta’lim maktabiga tashrif uyushtirildi.

2023-yil 8-fevral kuni,  Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda tuman Axborot-kutubxona markazining  Аbonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi  M.Xojantaeva tomonidan Ertaklar olamiga sayohat mavzusida  3-sonli maktabning 3d-sinf o’quvchilariga “Jek baxti” nomli ertak haqida ma’lumot berildi va shu ertakning mazmuni bo’yicha bolalar bilan suhbatlashildi. Shuning bilan birga ertak  kitoblar ko’rgazmasi  tashkillashtirildi.

Suhbat boshida o’quvchilarga kutubxona haqida, kutubxonaning manzili, a’zo bo’lish tartibi, har-hil kitoblarning mavjudligi haqida aytib o’tildi. O’quvchilar uchun ertaklar haqida, ertaklarning barchasida yomonlik ustidan yahshilikning, qo’rquv ustidan botirlikning engib chiqishi, ertak davomi bo’lsa yahshilik, go’zallik bilan yakunlanishi, ertaklarda salbiy va ijobiy qahramonlarning aks ettirilgani haqida ham aytib o’tdi. Shuning bilan birga “ Kichkina yanki”, “Ajdar qush”, “Baliqchi bola” kabi ertaklar haqida ham gapirib berdi.

Suhbat davomida bolalar o’zlarining o’qigan va eshitgan ertaklari haqida aytib berdi. Shuning bilan birga maktab kutubxonachisi A. Aymahanova  va 3d-sinf rahbari T. Qutlimuratova, maktab targ’ibotchisi L. Nurniyazovalar  o’z fikrlarini bildirib o’tdi.