Taxiatosh tumani Axborot–kutubxona markazi Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma ish-rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-fevral kuni tumanimizdagi 5-sonli umumta’lim maktabida so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi, shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga bag’ishlab musiqali badiiy kecha tashkillashtirildi.
Kechani maktabning ma’naviyat-ma’rifat ishlari direktor o’rinbosari Orazimbetov Sarvar o’z nutqi bilan ochib berdi. U o’z so’zida Navoiy va Boburning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berib, o’tkazilayotgan bu kabi tadbirlar bobolarimizning ma’naviy merosini o’rganishdagi ahamiyati qay darajada muhim ekanligi, bugungi kechadan barchaga ma’naviy ozuqa olishini va keyingi so’z navbatini kecha mehmonlari Axborot – kutubxona markazi hodimlari D.Xalbaeva va B.Yusupovaga berdi. D.Xalbaeva o’z so’zida millatimiz ma’naviyati va adabiyotining so’nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizning barcha muassasa hamda tashkilotlarida keng nishonlanayotganligi, bu ikkala buyuk siymolarning bebaho asarlari ma’naviy teranligi hamda badiiy yuksakligi bilan bashariyat mulkiga aylanganligi, butun jahon ularning yaratgan asarlaridan hayratlanganligi haqida aytib o’tdi.
Kechada 2,4,5,6,7,8 – sinf o’quvchilari tomonidan Navoiy va Boburning ijodlaridan sahna ko’rinishlarini ko’rsatilib, ruboiy va g’azallarini ifodali aytib berishdi. Shuningdek o’quvchi qizlar tomonidan “Tanovor” raqsi chiroyli tarzda ijro etilib, kuy va qo’shiqlari bilan kechaga fayz kiritdi. Bundan tashqari Axborot – kutubxona markazi tomonidan Navoiy va Bobur asarlaridan kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы