Joriy yilning 14-fevral kuni, Axborot-kutubxona markazining Abonament va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi B.Yusupova tomonidan bolalarni kitobga qiziqtirish, ularning maꞌnaviyatini yuksaltirish maqsadida tuman Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tanishing yangi adabiyotlar” mavzusida kitoblar koꞌrgazmasi tashkillashtirildi. Kitoblar ko’rgazmasida o’zbek, qoraqalpoq, russ va ingliz tilidagi bolalar adabiyotlari, har-hil rangli ertak kitoblardan, bog’cha hodimlari uchun hikoyalar va she’rlardan iborat kitoblar o’rin olgan.
Tashkilot rahbari F.Imamaddinova, bog’chaning tarbiyachi opalari va tarbiyalanuvchilari ko’rgazmadagi kitoblar bilan tanishdi. Koꞌrgazma davomida B.Yusupova bolalarga ertak haqida ma’lumotlar berib, ertaklar asli bolalarning rivojlanishi, maꞌnaviy yuksak boꞌlishi va ularning tarbiyasida juda muhim ro’l o’ynashi, ertak janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, maishiy ertaklar, hajviy ertaklar bo’lib boʻlinishi haqida aytib o’tdi.
Bog’chaning tarbiyachi opalari kitoblar ko’rgazmasini tashkillashtirganligi uchun kutubxonaga o’z minnatdorchiligini bildirdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы