Joriy yilning 15-fevral kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma ish-rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Taxiatosh tumani 7-sonli umumta’lim maktabida Satirik yozuvchi va dramaturg Muratbay Nizanovning “Qaraqalpaqlar” I-II kitoblari bo’yicha kitob taqdimoti o’tkazildi.
Maktab kutubxonachisi K.Soegbaeva kitob o’qish orqali inson ma’naviy oziq olishi, yuksalishi, kitob o’qishning inson uchun foydasi haqida aytib, o’quvchilarni kitob o’qishga chaqirib qoldi.
Keyingi so’z navbati tuman Axborot-kutubxona markazining Abonament va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.To’reniyazovaga berilib, u o’z so’zida yozuvchi M.Nizanovning “Qaraqalpaqlar” kitobi bo’yicha ma’lumotlar berib, yozuvchining tug’ilgan yili, hayoti va ijodi, uning birinchi “Qaraqalpaqlar” kitobi roman-essesi qoraqalpoq xalqining kelib chiqishi, tarixi, o’tmishdagi turmush tarzi, dasturlari, urf-odatlari, o’tkan asrdagi yozuvchi, shoirlari, shuning bilan birga, xalqimiz orasida keng tarqalgan naql-maqollarga ma’nolar, milliy taomlari va boshqada siz va biz bilmagan ma’lumotlarning yozilganligi, ikkinchi kitobi bo’lsa birinchi kitobining davomi bo’lib kitobda Rossiya imperiyasi davridagi qoraqalpoqlarning o’ng va chap bo’lib ikkiga bo’linishi, o’sha davrdagi xalqning boshidan kechirgan qiyinchiliklari va yutuqlari, qoraqalpoq millatiga xos an’analar, o’sha davrdagi xalq og’zaki ijodi durdonalari, yozuvchi va shoirlarning ijodlari, o’sha davrning mashhur insonlari, tarixiy obidalar, qiziqarli ma’lumotlar aytib va ular haqida tushunchalar berib o’tdi.
Suhbat davomida, o’quvchilar qiziqtirgan savollariga kutubxona hodimi A.To’reniyazova tomonidan javoblar oldilar.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы