Joriy yilning 1-mart kuni, tuman ma’naviyat va ma’rifat maskanida Taxiatosh tumani Oila va xotin-qizlar bo’limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi va tumanimizdagi Axborot-kutubxona markazi hamkorligida O’zbekiston xalq shoirasi, sadoqat va muxabbat kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova tavallud kunining 108 yilligiga bag’ishlangan “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusidagi ko’rik – tanlovi tashkillashtirildi. Tanlovda Taxiatosh tumani Xalq Ta’limi bo’limi tasarrufidagi barcha umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan eng istedodli va qobiliyatli, ijodkor o’quvchi qizlar o’z-aro bellashdilar. Bellashuv uchta shartdan iborat bo’lib, birinchi tanishuv shartida ishtirokchi qizlar o’zlari haqida tanishtirib, ta’lim olayotgan o’quv dargohining hayoti, orzu-maqsadlarini yoritib berishdi. Ikkinchi shart “Men Zulfiyaxonim ijodidan xabardorman” mavzusida shoiramiz ijodidan she’r qatorlari bilet tarzida berilib, berilgan she’r qatoridan tushirib qoldirilgan so’zlarni topib, ushbu she’rni ma’noli o’qib berdilar. Uchinchi erkin mavzu sharti esa qiziqarli chiqishlarga boy o’tdi. Sahnada ishtirokchi qizlar tomonidan Zulfiyaxonim singari milliy tariximiz va adabiyotimiz namoyandalari yuksak mahorat bilan gavdalantirildi. Shuning bilan birga o’zlarining ijod mahsuli bo’lgan eng sara she’rlari va asarlaridan ijro etilgan parchalar, mumtoz g’azal va kuylar yoshlarni adabiyotning sehrli olamiga oshno etdi.
Bellashuv shartlari bo’yicha XTB darsliklar bo’yicha metodist B.Kamalova, tuman oila va xotin-qizlar bo’limi etakchi mutaxassisi K.Ernazarova, XTB tasarrufidagi 2 – umumta’lim maktabining o’zbek tili va adabiyot fani o’qituvchisi G.Tajimuratova, tuman Axborot – kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordilar.
Ko’rik-tanlov yakuniga ko’ra ishtirokchi qizlar beshta nominatsiyalari bilan taqdirlandilar:
Bunda “Zulfiya izdoshi” nominatsiyasini 6 umumta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Eshimbetova Perizat.
“Eng yaxshi ovoz sohibasi” nominatsiyasi 7 umumta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Bekmuratova Jazira.
“Eng ijodkor qiz” nominatsiyasi 11 umumta’lim maktabining 10-sinf o’quvchisi Tazibaeva Merjen.
“Eng qobiliyatli o’quvchi qiz” nominatsiyasi 12 umumta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Qlicheva Nurgul.
“Eng dilbar qiz” nominatsiyasi 16 umumta’lim maktabining 9-sinf o’quvchisi Yuldasheva Ravshanoy va barcha ishtirokchi qizlar faol qatnashganligi uchun “Fahriy yorliq” lar bilan taqdirlandilar.
Tanlov qiziqarli va mazmunli, keng tassurrotlar bilan yakunlandi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы