Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda tuzilgan qo’shma ish-rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 16-sonli umumta’lim maktabida 2023-yilning 2-mart kuni, o’quvchi yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxasisi D.Utemuratova tomonidan Rus yozuvchisi A.S.Pushkinning «Kapitan qizi» kitobi bo’yicha kitob taqdimoti o’tkazildi.
Taqdimotga, ushbu maktabning kutubxonachisi F.Seytimova va maktabning 7-9-sinf o’quvchilari ishtirok etdi. D.Utemuratova tomonidan «Rus she’riyatining quyoshi» deb nom olgan A.S.Pushkin nasrda ham, nazmda ham samarali ijod qilgan buyuk siymo ekanligi, u rus adabiyotining asoschilaridan biri sifatida rus madaniyati tarixiga kirganligi, Pushkin o’zining yo’l xotiralari, badihalari, tarixiy roman va qissalari bilan nasrchilik janriga asos solganligi, shoir ijodida ertaklar ham alohida o’ringa ega ekanligi, uning ijodi rus dramasi va teatri taraqqiyotida ham muhim ro’l o’ynaydiganligi, shoirning hayoti va ijodi, uning asarlari, kitoblari to’g’risida ma’lumotlar berildi. Shuning bilan birga Pushkinning «Kapitan qizi» romani haqida qisqacha ma’lumotlar aytib, undan tashqari kitobda qiziqarli ertaklar ham yozilganligi, ushbu ertaklar to’g’risida ham keng turda ma’lumotlar aytib o’tdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы