Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi Xalq ta’limi bo’limi bilan birgalikda, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlarni kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida qo’shma ish-rejasi ishlab chiqilib, ushbu rejaning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-mart kuni tumanimizdagi 13-umumta’lim maktabiga tashrif uyushtirildi

Ushbu maktabning boshlang’ich sinf o’quvchi yoshlariga, Axborot – kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan “Ertaklar fazilatlar bayoni” mavzusida kutubxonamizdagi bolalar adabiyotlaridan biri “O’g’ri bo’ri” kitobidan “Qo’rqoq quyon” ertagi bo’yicha gapirib berildi.
Bunda ertakning bosh qahramoni Linda ismli quyon rang – barang gullarga qoplangan o’rmonda yashashi, u juda tartibli va tozalikka e’tibor berishi, hovlisiga gullar ekib, baxtli hayot kechirishi, Lindaning bittagina aybi hamma narsadan juda qo’rqishi, o’z – o’ziga endi bu qo’rquvni engishi kerakligini, biroz jasur bo’lishi lozimligi ekanligini ko’p gapirishi, quyoshli kunlarning birida Linda doimgidek uy ishlarini bajarar edi, kirlarni yuvip endi yoyish uchun hovliga chiqqan payt birdaniga “paaq” degan portlash eshitilganligi, qo’rqqanidan o’takasi yorilay deb, qayoqqa ketayotganiga qaramay, yugura boshlaganligi va qochayotgani uchun o’zidan jahli chiqqanligi, aslida qo’rquvni har kim o’zi yuzaga chiqarishi, qo’rquvning manbai bilimsizlik ekanligi, Linda shunchalik tez yugurganidan ko’l yoqasiga kelib qolganligi , shu orada ko’l chetidagi qurbaqalar kattakon quyonning yugurib kelayotganini ko’rib vaqillab birdaniga “gum” etib suvga sakraganligi, Linda ko’l chetida to’xtab mendan ham qo’rqadiganlar bor ekan-da deb o’ylay boshlaganligi, endi hech narsadan qo’rqishiga hojat yo’q ekanligi, bechora qurbaqalarni qo’rqitib yuborganligi uchun ularni chaqirib kechirim so’raganligi, ammo ularning bittasi ham qo’rqqanidan suv yuzasiga chiqmaganligi, shunda u qurbaqalarga sizning do’stingizman deb boshidan kechirganlarni aytib berganligi, keyin o’sha kundan boshlab linda hech narsadan qo’rqmaydigan bo’lganligi haqida gapirib berdi.
Tashrif yakunida yosh ertaksevar o’quvchi yoshlarga “Qo’rqoq quyon” ertagidan savollar berildi, shuning bilan birga ertakdagi o’rganilgan qo’rqoq bo’lmaslik, jasur bo’lish, o’ziga ishonch, bilimli bo’lish, kechirim so’rash fazilatlari haqida suhbatlashildi.