Ma’naviy – odob – ikromlilik, milliy ham umumiy insoniylik qadriyatlar ustunligiga erishish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida xalqimizning o’tmishi, qadimgi urf-odat dasturlarining o’ziga xos xususiyatlarini tasvirlangan Navro’z umumxalq bayrami “Milliy qadriyatlar oyligi” bayrami munosabati bilan joriy yilning 16 mart kuni Taxiatosh tumani 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi bilan tuman Axborot – kutubxona markazi birgalikda “Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim!”, “Ijodkorlik va kitobxonlik – bilim o’chog’i” shiori ostida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi.
Ko’rik – tanlovni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari B.Palo’aniyazov ochib berdi.

Undan so’ng Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi Ma’lumotnoma – bibliografiya xizmati rahbari J.Qadirbaeva o’zining samimiy tilaklari bilan tabriklab ishtirokchilarga omad tiladi.
Ko’rik – tanlovda Xalq Ta’lim bo’limi tassarrufidagi barcha maktablarning Ijodiy va madaniy masalalari bo’yicha targ’ibochilari bilan maktab kutubxonachilari to’rtta shart bo’yicha o’z-aro bellashdilar. Bunda birinchi “Milliy qadriyatlar” sharti bo’lib, ishtirokchilar milliy qadriyatlarimizni, milliy kiyimlari va urf-odatlarini, sahna madaniyati, aktyorlik mahorati bilan sahna ko’rinishi orqali ko’rsatib berdi. Ikkinchi shart “Monolog aytish”, bu shartda ishtirokchilar monologni ma’noli va yoddan aytib berdilar. Uchinchi shart “Jumboqli savol-javob”, bunda har bir jamoa o’zlarining tanlab olgan biletdagi savollarga javob berdilar. To’rtinchi shart “Mening bir kunlik ish kunim”, bu shartta targ’ibotchilar va kutubxonachilar o’zlarining ish kunini sahna ko’rinishi orqali tasvirlab berdilar.
Tanlov yakuniga ko’ra ishtirokchilar sovg’alar va “Fahriy yorliqlar” bilan taqdirlandilar.
Ko’rik – tanlov mazmunli va ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы