Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Jahon olimlari nigohida” mavzusida bibliografik sharh o’tkazildi.

2023-yilning 13-mart kuni, tuman Axborot-kutubxona markazida markazning faol kitobxonlari ishtirokida “Jahon olimlari nigohida” mavzusida bibliografik sharh o’tkazildi. Bibliografik sharhni Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva Abu Rayhon Beruniyning hayoti va asarlarining yaratilish tarixi haqida kitobxon o’quvchilarga gapirib berdi.
Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo’lganligi, Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo’lida ta’lim olganligini, Ibn Iroq falakiyot va riyozotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag’ishlaganligini, Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo’r hurmat bilan tilga olgan. Beruniy so’nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o’z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma’lum. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmokognoziya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimlar qildi, badiiy ijod bilan ham shug’ullanib she’rlar yozdi. “Astrologiyaga kirish”, “Astronomiya kaliti”, “Jonni davolovchi quyosh kitobi”, “Ikki xil harakatning zarurligi haqida”, “Ko’paytirish asoslari”, “Ptolemey “Almagest”ning sanskritchaga tarjimasi”, “Foydali savollar va to’g’ri javoblar”, “Farg’oniy “Elementlar” iga tuzatishlar”, “Turklar tomonidan ehtiyotkorlik”, “Oq kiyimlilar va karmatlar haqida ma’lumotlar”, “She’rlar to’plami”, “Al-Muqanna haqidagi ma’lumotlar tarjimasi”, “Ibn Sino bilan yozishmalar” shular jumlasidandir.
Beruniyning o’z vatani O’zbekistonda ham uning ijodiga katta e’tibor berib kelinmoqda. H.M. Abdullaev, I. M. Mo’minov, V. Yu. Zohidov, Ya. G’. G’ulomov, U. Karimov, S. A. Bulgakov kabi atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. Toshkentda unga bag’ishlangan qator Xalqaro ilmiy konferentsiyalar o’tkazildi. Birinchi bor Beruniyning “Qadimgi yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mas’ud qonuni”, “Geodeziya”, “Saydona” kabi asosiy asarlarini o’z ichiga oluvchi ko’p tomli saylanma asarlari o’zbek va rus tillarida O’zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi. Fan sohasida Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.
Beruniy 1048-yil G’azna shahrida vafot etganligi, u o’z hayotini faqat ilmu – fanga bag’ishlaganligi haqida, aytib berdi. Bibiliografik sharh davomida kitobxon o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.