“Yo’l xaritasiga” muvofiq har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni deb belgilangan. Ushbu munosabat bilan joriy yilning 16-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “Ibratli ona” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatiga kutubxonamizning doimiy kitobxonlaridan biri bo’lgan uy bekasi Roza opa Eshnazarova va uning farzandlari Saburova Qunduz, Farangiz, Adolatlar tashrif buyurdilar.
Tashrif chog’ida R.Eshnazarova kitobxon qizlarga kitob – inson umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur ekanligi, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbailigi, har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’st ekanligi, insonning ruhiy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitobchalik kuchli qudratga ega vosita yo’qligi, shu boisdan, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmu odob sirlarini o’rganishga chorlab kelishganligi haqidagi ajoyib fikirlarini bildirib, o’zining bolalik chog’idanoq kitob o’qishiga ixlosmand ekanligi, shu kunga kadar o’zi va farzandlari bilan birgalikda kancha kitob o’qiganligi va u kitobdan olgan ta’ssuroti haqida batafsil so’zlab berdi. So’zini davom etkan holda farzand tarbiyasida ham kitob muhim ahamiyatni kasb etishi va farzandlarini kichkinaligidanoq kutubxonaga etaklab, kitob o’qishiga jalb etgani, farzandlarning ilimga, kitobga qiziqishida ona tarbiyasiga ham bog’liq ekanligi, farzandlari bilan birgalikda o’qigan kitoblarini ular bilan birgalikda asardagi voqealarni muhokama qilish vaqtida insonning xis tuyg’ulari ajoyib tarizda ifodalanishi, farzandlarining kitobni o’qish, ilim olish, izlanishlari natijasida oliy o’quv o’rinlarida taxsil olganlari, katta qizi ixtisoslashtirilgan maktabda o’qituvchi, o’rtancha qizi oliy o’quv o’rnida grant asosida ta’lim olayotgani, kenjatoy kizi bo’lsa, maktabning 9-sinfida a’lo darajada ta’lim olayotganini fahr va g’urur bilan aytib, suhbatda ishtirok etgan kitobxonlarga hozirdanoq ilim olishlari, ko’proq kitob o’qishlari, bo’sh vaqtlari bo’lishi bilanoq yana kitob o’qish kerakligi, natijada esa kelajakda yaxshi kasb egalari bo’lishi mumkunligini takidlab o’tdi. Shuning bilan birga qizlari ham o’zlarining fikrlarini bildirib, maktabdagi, oliy o’quv o’rinlaridagi, ishlaridagi yutuqlari haqida buning barchasi kitob o’qib, ilim olganlari natijasida bo’lganligi, buning uchun ushbu darajaga etkazgan onalarining mehnatlari kuchli ekanliklari va onlaridan minnatdor ekanliklarini bildirib o’tdi. Undan so’ng o’zlarining o’qigan kitoblaridan sevimli asarlaridan, sherlaridan parchalar aytib berdi.
Suhbat so’ngida mehmonlarimizga kitobxonlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, kitobxonlar ham o’zlari o’qigan sevimli kitoblari haqida aytib, suhbat yanada qiziqarli yakunlandi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы