O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida» 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining amalga oshirish bo‘yicha joriy yilning 17-avgust kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida tuman IIB XPB profilaktika inspektori Kapitan Igamberdiev Raxat Kayipovich bilan birgalikda « Inson huquqlari – oliy qadriyat» mavzusida targ’ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Suxbatga «Markaziy» MFY hotin-qizlar ishlari bo’yicha mutaxassisi G.Yusupova va mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqoralar ishtirok etdi. IIB Kapitani R.Igamberdiev tomonidan inson huquqlariga oid kodekslar va tushunchalar berilib, yoshlarning jinoyat yo’liga kirmasligi, huquqbuzarliklarni qilmasliklari ayni paytda ilim olib, farzandlarining ilmli va bilimli bo’lishlari uchun mahalla va ota-onaningham o’rni katta ekanliklari, farzandlarining bo’sh paytlarida e’tiborsiz qoldirmasliklari, yoshligidan bir kasbga yo’naltirish kerakligi natijasida bola etuk maqsadlari sari qo’rqmasdan qadam tashlashi, sizlarning harakatingizga qo’llab-quvvatlashingizga bog’liq deb o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Undan so’ng, «Markaziy» MFY hotin-qizlar ishlari bo’yicha mutaxassisi G.Yusupova tomonidan mahalladagi ota-onalarga mavjud muammolariga echim topishi uchun har-hil harakatlar olib borilayotgani, mahallaning hech bir fuqorasi e’tibordan cheta qolmasligi, yordam berishi haqida aytib o’tdi.
Suhbat so’ngida, «Markaziy» MFYda istiqomat qiluvchi onaxonlar kutubxonadagi kitoblar ko’rgazmalari bilan tanishib chiqdi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы