Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlab «Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun» shiori ostida «Gulla, yashna hur O’zbekiston!» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi va musiqali bayram kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 25-avgust kuni, Taxiatosh tumani 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlab «Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun» shiori ostida «Gulla, yashna hur O’zbekiston!» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi va musiqali bayram kechasi bo’lib o’tdi.

Bayram kechasiga “Nuroniy” jamg’armasi Taxiatosh tumani bo’limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’linmasi, 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi, shuning bilan birga nuroniy otaxonlar va onaxonlar ishtirok etishdi.

Bayram kechasiga tashrif buyurganlar ko’rgazmadagi kitoblar bilan tanishdi. Undan tashqari, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq artistlari va shoirlari mehmon bo’lib, Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan tabriklab, o’zlarining ijodlaridan namunalar aytib, kuy-qo’shiqlaridan ijro etishdi. Bayramga tashrif  buyurgan otaxonlar va onaxonlarham o’z fikrlarini bildirib, bayram bilan tabriklab o’tdi. Undan so’ng, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’linmasi tomonidan homkorlik qilgan tashkilotlarga, shuning bilan birga Axborot-kutubxona markaziga Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami munosabati bilan «Tashakkurnoma» va «Yangi Mo’ynoq» nomli kitobi sovg’a tariqasida taqdim etildi.

Bayram yakunida 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining o’quvchilari tomonidan kontsert dasturi taqdim etildi.