Pirimqul Qodirov
(1928-2010)
Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, oʻzbek nasrining yirik namoyandalaridan biri, betakror asarlari bilan millionlab kitobxonlar qalbidan mangu joy olgan atoqli adib, O’zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov Turkiston tizma togʻining etaklaridagi Kengkoʻl qishlog’ida 1928-yil 25- oktyabrda tavallud topgan. U asli oʻzbekning barlos qavmidan; urushdan keyingi yillarda jamoa xoʻjaligida, yoʻl qurilishi, soʻng Bekobod metallurgiya zavodida ishlagan.
1951 yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti) ni tamomlab, Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institute aspiranturasiga oʻqishga kirgan. “Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1954–1963 yillarda u sobiq ittifoq Yozuvchilar uyushmasi qoshida oʻzbek adabiyoti boʻyicha maslahatchi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institute katta ilmiy xodimi 1989-1994 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1990-2000-yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati bo’lib, parlamentning Fan, madaniyat va ta’lim qo’mitasida faoliyat ko’rsatgan.
Adib ijodining debochasi ‒ “Studentlar” (1951) hikoyasi talabalik yillarida eʼlon qilinib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini yoritadi. Shundan keyin “Jon shirin”, “Kayf”, “Olov” hikoyalari, “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974) qissalari, “Najot”, “Baxillar va botirlar” afsona qissalari (1980), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1970) nomli qissa va hikoyalar toʻplamlari birin-ketin chop qilindi.
P.Qodirov roman janrida qalam tebratib, “Uch ildiz” (1958), “Olmos kamar” (1976) romanlarini yaratdi. Adib avval “Yulduzli tunlar” (1979), keyin “Avlodlar dovoni” (1989) romanlari bilan oʻzbek tarixiy romanchiligi rivojiga katta hissa qoʻshdi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (1977–1978) nashr qilingan.
Pirimqul Qodirov adabiyotshunos olim sifatida “Til va el” (1972), “Xalq tili va realistik proza” (1973), “Til va dil” (2005) risolalarini yaratdi. Ikki jildli “Adabiyot nazariyasi” kitobining “Adabiy asarning tili”, “Adabiy jarayon” boblarini yozgan. Adib va adabiyotshunos olimning «Til va el» (2005) ilmiy badiasi mumtoz ona tilimizga, «Amir Temur siymosi» (2007) ilmiy badiasi Sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan.
Zangori olov zahmatkashlari haqidagi “Qadrim” qissasi asosida “Sening izlaring” badiiy filmi (rejissyor R. Botirov), “Yulduzli tunlar” romani, “Jon shirin” hikoyasi asosida koʻp seriyali videofilmlar suratga olingan. “Bobur” pyesasi (rejissyor B. Yoʻldoshev) uzoq yillar mobaynida hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatrida, “Insof” pyesasi esa viloyatlar drama teatrlari sahnalarida qoʻyilgan.
Adib kitobxonlarga “Ona lochin nidosi” degan tarixiy romanini (1997) taqdim etdi. 2001 yilda esa uning “Qalb koʻzlari” nomli (badealar, oʻylar, esdaliklar) kitobi chop etildi. “Amir Temur siymosi” (2007) tadqiqoti tariximizni xolis oʻrganish borasida muhim oʻrin egalladi. Yozuvchi tugʻilgan togʻli qishloq hayoti «Qora koʻzlar» (1966) romanida aks ettirilgan. Pirimqul Qodirov «Qadrim» (1963), «Erk» (1969), «Meros» (1975) qissalari, «Olmos kamar» (1977) romani muallifi. P.Qodirov tarjimon sifatida L.Tolstoyning “Kazaklar”, K.Fedinning “Dastlabki quvonchlar”, P.Tolisning “Iz”, X.Deryaevning “Qismat” qissasi va romanlarini ona tilimizga oʻgirgan. Uning asarlari rus, ukrain, hind, urdu, turk, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, turkman tillarida nashr etilgan.
“Yulduzli tunlar” romani uchun Pirimqul Qodirov 1981 yili Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. O’zbek adabiyotining 60-80 yillaridagi taraqqiyot bosqichida Pirimqul Qodirovning munosib urni bor. Pirimqul Qodirov mohir prozaik, adabiyotshunos olim, tarjimon, davlat va jamoat arbobi sifatida tanilgan. U O’zbekistan Respublikasi Oliy Kengashi deputati, Respublika Oliy Majlisi deputati sifatida istiqlol yo’lida ko’p xayrli ishlarni olib borgan.
“Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” chiqqandan beri kitobxonlarning muallifga maktublari keti uzilmadi. Xindistonning Indour shahrida yashovchi Surjamal Garch degan advokatdan kelgan maktubda shunday satrlar bor: “Yozuvchi boy faktik materiallar asosida badiiy jixatdan guzal roman yaratgan, men ko’pdan beri bunday ajoyib asar o’qimagan edim”.
Shaxrixonlik Abdufattox Jo’raev shularni yozadi: “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni” romanlaringizni o’qigan har bir o’zbek farzandi o’zining shu buyuk avlodning bir tomiri ekanligidan g’ururlanishiga, qolaversa, bularni o’qigan boshqa millat vakillarining buyuk xalqimizga bo’lgan xurmatlari ortishiga imonimiz komil”.
Farg’onalik xasos shoira, maktab muallimasi Maqsuda Ergasheva esa “Avlodlar dovoni” mutolaasi paytidagi xis-xayajonlarini shunday izhor etadi: “Sizning “Avlodlar dovoni” romaningizni behad minnatdor bo’lib o’qib chiqdim”.
Boburiylar sulolasi xaqidagi romanlar turkumi xali intixosiga etgan emas edi. Adib Tojmaxaldek buyuk obidani barpo etgan, sevgi-sadoqatning tengsiz namunasini namoyon qilgan, boburiylar saltanatini yangi dovonlarga kutargan Shoxjaxon kabi buyuk siymolar xaqidagi yangi roman xayoli bilan band edi. Afsuski, mash’um o’lim 2010 yil 21 dekabr kuni uni xayotdan olib ketdi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov Xamza nomidagi O’zbekistan Davlat mukofoti laureati (1981), O’zbekiston Xalq yozuvchisi (1988), “Shuhrat” medali (1994), “El-yurt hurmati” (1998), “Buyuk xizmatlari uchun” (2006) ordenlari bilan mukofotlangan.
«Yulduzli tunlar» ingliz tilida
O’zbekiston xalq yozuvchisi Primqul Qodirov qalamiga mansub «Bobur. Yulduzli tunlar» romanining inglizcha nashri (Babur: Starthy Nights) chop etildi. Tarixiy roman atoqli shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning dramatik hodisalarga boy qismatidan hikoya qiladi.
Temuriylar sulolasiga mansub Bobur Mirzo hozirgi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Afg’onistonning janubiy-sharqiy qismini egallagan, Britaniya mustamlakasiga qadar, 19 asr o’rtalarigacha hukm surgan Boburiylar davlatiga asos solgan. U boshidan kechirganlari, g’alaba va mag’lubiyatlari shubha va iztiroblarini mashhur «Boburnoma» asarida bayon etgan. Primqul Qodirov betakror romanini yozishda mazkur asarga tayangan. Kitobni o’qir ekansiz, 15-16 asrlarda Markaziy Osiyo va Hindistonda kechgan tarixiy voqealar bilan yaqindan tanishasiz.
Romanni Britaniyalik adabiyotshunos Kerol Ermakova ingliz tiliga o’girgan. Tarjima matni Juli Uikenden tomonidan tahrir qilingan. Taniqli o’zbek rassomi Bobur Ismoilov nashr uchun suratlar ishlagan. Kitob Frantsiyaning nufuzli «Nouveau Monde Editions» nashriyotida chop etilgan.
Ma’lumot o’rnida aytishki kerakki, «Babur: Starthy Nights» kitobi Islom Karimov fondining 6 yillik faoliyati davomida amalga oshirgan o’n oltinchi noshirlik loyihasi bo’ldi.
Unvonlari
Pirimqul Qodirov 1990-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining raisi, rais oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi.
• Hamza nomidagi O’zbekiston SSR davlat mukofoti (1981) — «Yulduzli tunlar» romani uchun
• SSSR yozuvchilar uyushmasi mukofoti (1983) — «olmos kamari» romani uchun
• «Shuhrat» Medali (1994)
• „El-yurt hurmati“ ordeni (1998)
• Orden „Buyuk xizmatlari uchun“ (2006)
• Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2017, vafotidan keyin)
• Oʻzbekiston SSR xalq yozuvchisi (1988)
• Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. P.Qodirov. Uch ildiz / roman / «Adabiy barhayot asarlar» turkumi – T.: «Kamalak» nashriyoti, 2019.- 448 b
2. P.Qodirov. Yulduzli tunlar Bobur [matn]: roman / P.Qodirov. – Toshkent: «O’qituvchi» NMIU, 2018. – 568 b.
3. O’zbekiston adabiyoti va san’ati 2023-yil 10-fevral / №5 (4716)
Tayyorlagan ABX rahbari: J.Kadirbaeva
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы