Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Mening sevimli asarim» mavzusida davra suxbati va kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 8-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun «Taxiatosh» sanatorisiga ko’chma kutubxona tashkillashtirildi.  Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan sanatorida dam olayotgan nuroniy otaxonlar va onaxonlar uchun  yangi adabiyotlar olib borildi. Shuning bilan birga dam olayotgan nuroniylarni kitobga qiziqtirish, vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida yangi adabiyotlardan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirilib, N.Mamutova tomonidan «Qora haykal», «Begona bahor», «So’ngi nido» kitoblari haqida qisqacha ma’lumot berilib, asardagi voqealar, asarning qaxramonlari haqida tushuntirib o’tildi va ko’rgazmadagi kitoblarni o’qib ko’rishlari uchun tavsiya etildi.

Undan so’ng, nuroniylar ko’rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi. Ular o’qigan kitoblari, o’zlarini qiziqtirgan asarlar va qahramonlari haqida so’zlab berdi va kitoblarga qiziqishlari, ko’rgazmadagi kitoblarni ham o’qib ko’rishlarini aytib o’tdi.