Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob-yoshlar qanoti» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 14-sentyabr kuni,  Xalq Ta’limi tassarrufidagi 11-sonli maktabning 10-11-sinf o’quvchilari ishtirokida Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazining Axborot-bibliografiya bo’limi mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan «Kitob-yoshlar qanoti» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Suhbatni maktab kutubxonachisi Kakajanova Tursinay ochib berdi. U o’z so’zida, yoshlarning kelajakda etuk kasb egasi bo’lishi uchun, ilim olishlari, ko’proq kitob o’qishlari orqali ko’zlagan maqsadlari etishishlari mumkunligi haqidagi so’zlarni aytib o’tdi.

Undan so’ng, Axborot-bibliografiya bo’limi mutaxasisi D.Utemurotova tomonidan, o’quvchilarni kitobga qiziqtirish maqsadida kutubxonadagi yangi adabiyotlar haqqida qisqacha ma’lumot berib o’tildi. D.Utemuratova  o’z   so’zida kitob – bilim bulog’i,  bu buloqdan bahra olmagan inson johillikka yuz tutishi, kitobni o’qimagan inson har qanday tubanlikka qo’l urishi, insoniylikni, vijdonini arzimagan narsaga sotib yuborishi mumkinligi, jamiyatda kitobxonlik qay darajada keng ommalashgan bo’lsa, ziyoli ahli shunchalik ko’p bo’lishi, o’z navbatida bu joyda umuminsoniy qadriyatlar barqaror turmush tarziga aylanishi haqidagi samimiy fikrlarni aytib o’tdi.

Suhbat davomida, maktabning matematika fani o’qituvchisi  M.Durdimetova va maktab kitobxon yoshlari o’z fikrlarini bildirib, kitoblarga qiziqishlari, kutubxonadagi kitoblardan o’qib foydalanishlarini  aytib o’tdi.